![Vitek VT-3600 Скачать руководство пользователя страница 37](http://html1.mh-extra.com/html/vitek/vt-3600/vt-3600_manual-instruction_1036075037.webp)
O ’ZBEKCHA
•
Hech qachon go’sht qiymalagich korpusi, elektr
shnuri yoki elektr vilkasini suvga yoki boshqa
suyuqlikka solmang.
•
«Kebbe» birikmasi (18, 19) ishlatilganda panjarasi
(14, 15) bilan pichog’i (13) qo’yilmaydi.
•
G o’sht qiymalagichdan tolasi qattiq masalliqni
(masalan, anbar, yer qalampirini) o ’tkazishga harakat
qilmang.
•
Masalliq tiqilib qolmasligi uchun turtgichni (1) qattiq
bosmang.
•
Qiymalanayotgan masalliq tiqilib shneki bilan pichog’i
aylanmay qolsa tez go’sht qiymalagichni o’chiring,
yana ishlatishdan oldin shnekni teskari aylantiradigan
«REV» (orqaga aylantirish) xususiyatini ishlatib tiqilib
qolgan masalliqni olib tashlang.
GO’SHT QIYMALAGICHNI ISHLATISHGA
TAYYORLASH
Go’sh t qiymalagich sovuqda olib kelingan yoki
turgan bo ’lsa ishlatishdan oldin kamida ikki soat
xona haroratida turishi kerak.
•
G o’sht qiymalagichni qutisidan oling, o ’rashga
ishlatilgan ashyolarni olib tashlang, korpusini nama
mato bilan arting, so’ng quruq mato bilan artib qu-
riting.
•
Olinadigan qismlarining hammasini m o’’tadil yu-
vish vositasi qo’shilgan iliq suvda yuving, chaying,
yig’ishdan oldin yaxshilab quritib oling.
•
Birinchi marta ishlatishdan oldin elektr manbaidagi
tok kuchi jihoz ishlaydigan tok kuchiga to’g’ri kelishini
tekshirib ko’ring.
GO’SHT QIYMALAGICHNI ISHLATISH
• G o’sht qiymalagich faqat uy sharoitida masalliq
qiymalashga va ovqatga ishlatiladigan masalliqni
tayyorlashga ishlatiladi.
• Jihozni yig’ing, tekis, quruq joyga qo’ying.
• Korpusidagi
havo
kiradigan
joylari
berkilib
qolmaganini qarab ko’ring.
• Elektr vilkasini rozetkaga ulang, shunda « © »
tugmasidagi (11) chirog’i yonadi.
• Go’sht qiymalagich kallagi (3) ostiga birorta idish
qo’ying.
• Qiymalashdan oldin go’shtni to ’liq muzidan tushi-
ring, ortiqcha yog’ini, hamma suyagini olib tashlang,
go’shtni qiymalagich kallagi og’zidan (2) o ’tadigan qi-
lib to ’rtburchak yoki tasma qilib to ’g ’rab oling.
• « © » tugmasini (11) bosib jihozni ishlating.
• Shoshilmasdan turtgich (1) bilan go’shtni qiymalagich
kallagi (3) og’ziga tushiring.
• Faqat jihozning o ’ziga qo’shib berilgan turtgichni (1)
ishlating.
• Go’shtni biror boshqa buyum bilan turtib kiritish
ta’qiqlanadi, go’shtni hecham barmoq bilan turtib
kiritmang.
• Go’sht yoki boshqa masalliqni qattiq turtib kiritmang.
• Go’sht yoki boshqa masalliq qiymalanayotganda
masalliq tiqilib qolishi mumkin; «REV»
(orqaga
aylantirish) xususiyati bilan shnekni teskari aylantirib
tiqilib qolgan go’shtni olib tashlasa bo’ladi. «REV»
(orqaga aylantirish) xususiyatini ishlatib shnekni
orqaga aylantirish uchun « © » tugmasini (11) bosib
go’sht qiymalagichni o’chiring, so’ng « © » tugmasini
(10) bosing, shunda tugma chirog’i yorishadi, so’ng
« © » tugmasini (11) bosib jihozni ishlating.
•
Masalliq
o’tkazilayotganda jihoz to ’xtamasdan
ishlaydigan vaqt 5 daqiqadan oshmasligi kerak.
•
5 daqiqa to’xtamasdan ishlagandan keyin go’sht
qiymalagichni o ’chirib 10-15 daqiqa sovutib qo’yish
kerak, shundan keyin uni yana ishlatsa bo’ladi.
•
Ishlatib bo’lgandan keyin « © » tugmasini (11) bosib
go’sht qiymalagichni o ’chiring, elektrdan ajratib
qo’ying, shundan keyingina uni qismlarga ajratsa
bo’ladi.
GO’SHT QIYMALASH
1. Go’sht qiymalagich kallagini (3) joyiga (4) qo’yib,
mahkamlanguncha, soat miliga teskari burang (1,
2-rasmlar).
2. Shnekni (12) go’sht qiymalagich kallagi (3) ichiga
qo’ying (3-rasm).
3. Xochsimon pichoqni (13) biriktiring (4-rasm).
4. Panjaralaridan (14 yoki 15) bittasini oling, panjaradagi
chiqib turgan joyni go’sht qiymalagich kallagidagi (3)
ochiq joyga tushirib panjarani pichoq ustiga kiydiring,
gaykasini (16) tortib qo’ying (5, 6-rasmlar).
Diqqat!
-
Pichoq tig’ini panjara tomonga qaratib qo’ying.
Pichoq noto’g ’ri qo’yilsa go ’shtni qiymalamaydi.
-
Teshigi katta panjara (14) xom go’sht, sabzavot,
quruq meva, pishloq, baliq va shunga o’xshash
masalliqni qiymalashga ishlatiladi.
-
Teshigi kichik panjara (15) esa xom yoki pishgan
g o ’sht, baliq va shunga o ’xshash masalliqni
qiymalashga ishlatiladi.
5. G o’sht qiymalagich kallagi (3) og’ziga masalliq
solinadigan patnisni (2) qo’ying.
6. Elektr vilkasini rozetkaga ulang, shunda « © »
tu g m a sin ing
(
1 1
)
ch iro g ’i yonadi.
7. « © » tugmasini (11) bosib go’sht qiymalagichni
ishlating.
8. Jihoz ishlayotganda faqat uning o’ziga qo’shib
beriladigan turtkichni (1) ishlating.
Eslatma:
-
Osonroq qiymalanishi uchun go’shtni oldin tilimlab
yoki to’rtburchak qilib to’g ’rab oling. Muzlagan
go’shtni oldin to’liq muzidan tushirish kerak.
- Faqat jihozning o ’ziga qo’shib beriladigan turtgichni
ishlating; go’shtni biror boshqa buyum bilan turtib ki
ritish ta’qiqlanadi, hech qachon go’shtni barmoq bilan
turtib kiritmang.
9. Ishlatib bo’lish bilan « © » tugmasini (11) bosib go’sht
qiymalagichni o’chiring, elektr vilkasini rozetkadan
chiqarib oling, shundan keyingina qismlarini ajratib
olsa bo’ladi.
10. Mahkamlagichini (5) bosib, soat mili tomonga burab
go’sht qiymalagich kallagini (3) ajratib oling.
37
Содержание VT-3600
Страница 2: ......
Страница 3: ...13 17...
Страница 12: ...1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 5 12 13 14 15 16 17 18 19 20 14 15 21 4 REV 12...
Страница 40: ...Vitek VT 3600 http www panatex com ua...