
- O’zbek 251 -
10
Agar bug’langan taomni aralashtirishni davom etmoqchi bo’lsangiz, “Bug’lashdan
keyin aralashtirish” bo’limidagi yo’riqlarga amal qiling.
11
Odatiy sharoitda, bug’lashdan keyin suv idishda suv qolmaydi. Ammo ayrim
holatlarda (masalan, suv idishi ichida qasmoq to’plangan, bug’lash jarayonga
xalaqit berilgan yoki belgilanmagan maqsadda foydalanilgan bo’lsa) suv idishida
biroz suv qolishi mumkin. Bunday holda, bakteriyalar rivojlanmasligi uchun suv
idishi to’liq bo’shatilishi kerak. Suv idishni qasmoqdan tozalash uchun “Tozalash va
xizmat ko’rsatish” bobiga qarang.
Bug’lashdan keyin aralashtirish
1
Banka tutqichini ushlang va bankani motor blokidan chiqarib oling. Bankani
aylantiring va ovqat pichoq blokiga tushishi uchun uni silkiting.
Faqat banka tutqichiga tegining. Bankaning qopqog’i, tag qismi va tashqi yuzasi issiq.
2
Agar kerak bo’lsa, qopqoqni olib tashlang hamda aralashtirish uchun qo’shimcha
masalliq soling (masalan, suv, moy).
Bankaga qo’shimcha masalliq qo’shish yoki qoldiq suvni chiqarib tashlash uchun
doimo banka qopqog’i va suv idishning qopqog’i bug’lashdan keyin soviganiga
ishonch hosil qiling.
Bankaga suyuqlik quyilgandan keyin hech qachon bankani bug’lash holatiga
qo’ymang.
3
Bankani motor blokiga to’g’ri yaʼni qopqog’ini tepaga qaratib qo’ying. Tutqich
o’ng tarafdaligiga va qulflanish joyining ikkita bo’rtig’i orasida turganiga ishonch
hosil qiling.
Содержание AVENT SCF870
Страница 1: ...SCF870 ...
Страница 266: ... 2022 Koninklijke Philips N V All rights reserved 12 04 2022 ...