O'zbek
644
•
Qurilmaga suv, ter, chang, kosmetik moddalar, siyoh, kir yuvish
vositasi, hasharotlarga qarshi vosita va moy tushishidan ehtiyot
bo‘ling. Agar qurilmangizga yuqorida sanab o‘tilgan moddalardan biri
tegsa, uni tozalash uchun tuksiz, yumshoq matodan foydalaning.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilma noto‘g‘ri ishlashi yoki Sizga shikast yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga
halaqit bermang
Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash
uchun ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish
qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi
tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
Xotira kartalari yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang
•
Qurilmaga SIM-karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda,
SIM-karta to‘g‘ri kiritilganligiga va kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga
ishonch hosil qiling.
•
Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani
chiqarib olmang, chunki bu ma’lumot yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki
qurilmaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa
qurilmalardan keluvchi elektr tovushlardan himoyalang.
•
Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal
predmetlar bilan tegmang. Agar tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani
yumshoq sochiq bilan arting.
•
Kartani yoki kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p
funksiyali uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi
mumkin.