O'zbek
639
Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga
yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar
yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio
aralashuv haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab
chiqaruvchi bilan bog‘laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi
muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval,
qurilma tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq
muammolarga sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni
olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi
radio chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qurilma yoki
uskunalar yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring
•
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmangizni o‘chirib
qo‘ying.
•
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish
qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
•
Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar
yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan
foydalanmang.
•
Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni
qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada
saqlamang yoki olib yurmang.