O'zbek
641
Qurilmadan harorati 0 °C dan 35 °C oralig‘ida bo‘lgan joylarda
foydalanish mumkin. Qurilmani -20 °C dan 50 °C oralig‘idagi
haroratda saqlashingiz mumkin. Qurilmani tavsiya etilgan
diapazondan tashqaridagi haroratda ishlatish yoki saqlash
qurilmaga zarar yetkazishi yoki batareyaning xizmat
ko‘rsatish muddatini qisqartirishi mumkin.
•
Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda
qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi
yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.
•
Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq
vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).
•
Batareyasi olib qo‘yiladigan qurilma bo‘lsa, harorat 0 °C dan 45 °C
gacha bo‘lgan joylarda bunday qurilmalar batareyasini alohida qilib
saqlash mumkin.
Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall
buyumlar bilan birga saqlamang
•
Qurilmangizning ustki qismi qirilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.
•
Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda,
yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.
Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang
•
Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya
quvvati yo‘qotilishi mumkin.
•
Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon
kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan
zararlangan bo‘lishi mumkin.
Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib
turishi, qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini
yuzaga keltirishi mumkin