O'zbek
645
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy
ma’lumotlarning e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda
ishlatishini oldini oling
•
Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni
esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar
emas.
•
Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang
va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda
ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga
qaytaring.
Mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan materiallarni
tarqatmang
Tarkib egasining ruxsatisiz mualliflik huquqi tomonidan himoyalangan
materiallarni tarqatmang. Bunday qilish mualliflik huquqiga oid qonunlar
buzilishiga olib kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchining
mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialdan noqonuniy
foydalanishi oqibatida yuzaga kelgan qonun buzilishlariga javobgar
emas.
Zararli dastur va viruslar
Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya
qilish uchun quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga
amal qilmaslik kafolat tomonidan qoplanmaydigan
ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin
•
Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.
•
Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.
•
Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan
xabarlarni o‘chiring.
•
Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.
•
Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.
•
Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish
mavjudligini tekshirish uchun antivirus dasturini ishga tushiring.
•
Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin
antivirus dasturini ishga tushiring.