O'zbek
637
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar
ko‘p to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday
joylarda saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab
bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka
uchining suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi
o‘tkazuvchan moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang.
Ko‘p maqsadli uyaga o‘tkir qirrali yoki uchli predmetlar tegishi
yoki ko‘p maqsadli uyaga zarb tegishiga yo‘l qo‘ymang
Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi
mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
•
Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib
kelishi mumkin.
•
Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
•
Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga
ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki
og‘izga kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani
ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin
tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.