57
RMC-M150
UZB
O'zgartirilgan dasturdagi avtomatik isitish funksiyasi tayyorlash jarayoning oxirida uning
yoqilganligi yoki o'chirilganligiga bog'liq ravishda yoqiladi yoki o'chiriladi. Agar tayyorlash
harorati so'nggi bosqichda 75°C dan pastga o'rnatilgan bo'lsa, o'zgartirilgan dasturni ishga
tushirishda avtomatik isitish avtomatik ravishda o'chirib qo'yiladi.
Yozilgan dasturdan foydalanish
1. Меню” tugmasini bosgan holda o'zingiz tomoningizdan o'zgartirilgan avtomatik dastur nomini
tanlang. Standart tayyorlash vaqti qiymati o'rniga displeyda “– – – –“ belgisi paydo bo'ladi.
2. Siz ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatishingiz mumkin.
3. “Старт/Автоподогрев” tugmasini bosing va ushlab turing, “Старт/Автоподогрев” va “Отме-
на/Подогрев” tugmalarining indikatorlari yonadi. Displeyda tayyorlashning umumiy vaqti
paydo bo'ladi, alohida dasturni bajarish va uni ishlash vaqtining teskari hisobi boshlanadi.
4. Avtomatik isitish funksiyasini o'chirib qo'yish uchun “Старт/Автоподогрев” tugmasini
bosing va ushlab turing (“Отмена/Подогрев” tugmasining indikatori o'chadi). “Старт/
Автоподогрев” tugmasini qayta bosish bilan ushbu funksiyani qayta yoqish mumkin.
5. Tayyorlash jarayonida displeyda navbati bilan dastur ishi tugagunicha qolgan vaqt va
ushbu bosqich uchun tanlangan tayyorlash harorati namoyish qilinadi. Tayyorlashning
bir bosqichidan (harorat rejimidan) boshqasiga o'tishda tovushli signal beriladi.
Parametrlarning standart qiymatlariga qaytish
Alohida dasturni o'chirish va o'zgartirilgan avtomatik dastur parametrlarining standart qiymatlarini
qayta tiklash uchun “Меню” tugmasini bosgan holda uni tanlang. Shundan keyin tovushli signal
berilgunicha “Час/Мин” va “Отложенный старт” tugmachalarini birgalikda bosing va ushlab turing.
Barcha avtomatik dasturlar uchun parametrlarning standart qiymatlarini qayta tiklash uchun
jihoz kutish rejimida bo'lganida tovushli signal berilgunicha “Час/Мин” va “Отложенный
старт” tugmalarini bir vaqtda bosing va ushlab turing.
Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi
1. Reseptlarga muvofiq tarzda masalliqlarni tayyorlang, ularni jomga soling. Barcha
masalliqlarni jomda bir xil taqsimlanganligi va uning ichki yuzasidagi shkalaning
maksimal belgisidan pastda turganligiga ishonch hosil qiling.
2. Jomni jihoz korpusiga qo’ying, uni biroz buring, uning qizdirish elementiga mahkam
yopishib turganligiga ishonch hosil qiling.
3. Qopqoqni tirqillagan tovush chiqargan holda yoping. Jihozni elektr tarmog’iga ulang.
4. «Меню» tugmachasini bosgan holda tayyorlash dasturini tanlang. Menyu bo’yicha o’tish
uchun «–» yoki «+» tugmachasini bosing.
5. Tayyorlash vaqtini o’rnatish uchun «Таймер/t°С» tugmachasini bosing. Displeyda
o’zgartirish mumkin bo’lgan standart tayyorlash vaqti yonadi.
6. Zarur bo’lgan hollarda dasturning ishga tushish vaqtini kechiktirish vaqtini o’rnating.
7. “Старт/Автоподогрев” tugmachasini bosing va bir necha soniya ushlab turing. “Старт/
Автоподогрев” va «Отмена/Подогрев» tugmachalari indikatorlari yonadi. Tayyorlash
jarayoni va dastur ishlash vaqtining teskari hisobi boshlanadi.
8. Dastur ishi yakunlanishi bilan signal beriladi. Keyin parametrlarga bog’liq ravishda jihoz
avtomatik isiytish rejimi (displeyda ushbu funksiya ishlash vaqtining to’g’ri hisobi aks
ettiriladi) yoki kutish rejimiga o’tadi. “Старт/Автоподогрев” tugmachasini bosgan va
ushlab turgan holda avtomatik isitishni o’chirib qo’yish mumkin («Отмена/Подогрев»
tugmachasi indikatori o’chadi). “Старт/Автоподогрев” qayta tugmachasini bosgan holda
ushbu funksiyani yana yoqib qo’yish mumkin.
9. Tayyorlash jarayonini uzib qo’yish, kiritilgan dasturni bekor qilish yoki avtomatik isitishni
o’chirib qo’yish uchun «Отмена/Подогрев» tugmachasini bosing va ushlab turing.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi
«МУЛЬТИПОВАР» dasturi foydalanuvchi tomonidan berilgan harorat va tayyorlash vaqti
parametrlari bo’yicha deyarli istalgan taomni tayyorlash uchun mo’ljallangan. Haroratni
o’rnatish diapazoni: 5°С ga teng qadam bilan 35-180°С. Tayyorlash vaqtini o’rnatish diapazoni:
1 (2 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan oraliq uchun) yoki 5 (1 soatdan 15 soatgacha bo’lgan
oraliq uchun) daqiqa o’zgartirish qadami bilan 2 daqiqadan 15 soatgacha. «МУЛЬТИПОВАР»
dasturida tayyorlash vaqtining standart qiymati 30 daqiqani tashkil qiladi.
«Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi» bo’limi 1-4-bandlariga
amal qiling. Keyin tayyorlash haroratini o’rnatishga o’tish uchun «Таймер/t°С» tugmachasini
bosing. Displeyda standart tayyorlash harorati (100°С) yonadi. «+» va «–» tugmachalarini
bosgan holda kerakli tayyorlash haroratini o’rnating. Tayyorlash haroratini o’rnatgandan keyin
«Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi» bo’limi 5-9-bandlariga
amal qiling.
Diqqat! Tayyorlash vaqti 75°С gacha bo’lgan hollarda avtomatik isitish funksiyasi o’chirib qo’yiladi.
Zarur bo’lgan hollarda «Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosgan va ushlab turgan holda
avtomatik istishni yoqish mumkin («Отмена/Подогрев» tugmachasi indikatori miltillaydi). 140°С
va undan baland harorat tanlanganda tayyorlashning maksimal vaqti - 2 soat.
«ТУШЕНИЕ» dasturi
Sabzavotlar, go’sht, dengiz mahsulotlari, parranda go’shtini dimlash uchun tavsiya qilinadi.
Standart holatda «ТУШЕНИЕ» dasturida tayyorlash vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash
vaqtini qo’lda 5 daqiqaga teng qadam bilan 10 daqiqadan 12 soatgacha bo’lgan diapazonda
o’rnatish mumkin.
«ВЫПЕЧКА» dasturi
Biskvitlar, toblangan pishiriqlar, achitqi va qatlamli xamirdan qilingan piroglar pishirish uchun
mo’ljallangan. Standart holatda «ВЫПЕЧКА» dasturida tayyorlash vaqti 50 daqiqani tashkil
qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqaga teng qadam bilan 10 daqiqadan 8 soatgacha bo’lgan
diapazonda o’rnatish mumkin.
Resept bo’yicha mahsulotlarni o’lchang, jomga soling. Barcha masalliqlarning jom ichki
yuzasidagi 1/2 belgisidan oshib ketmasligini kuzatib boring. Keyin «Avtomatik dasturlardan
foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi» bo’limi 2-9-bandlariga amal qiling.
Summary of Contents for RMC-M150
Page 1: ...Мультиварка RMC M150 Руководство по эксплуатации ...
Page 2: ......
Page 3: ... 8 30 37 45 53 61 69 76 83 RUS GBR UKR KAZ UZB ROU LTU LVA EST ...
Page 5: ...3 4 5 1 2 15 14 12 10 9 160 120 11 13 A1 6 8 7 16 ...
Page 6: ...ОТЛОЖЕННЫЙ СТАРТ МАСТЕРШЕФ МАСТЕРШЕФ ЗАПИСЬ МАСТЕРШЕФ СБРОС 1 8 9 2 7 3 6 4 5 A2 ...
Page 7: ...4 3 3 2 9 8 1 6 5 7 A3 ...
Page 90: ......