55
RMC-M150
UZB
4. «–» tugmachasi — vaqtni o’rnatish rejimlarida soat yoki daqiqa qiymatlarini kamaytirish;
avtomatik tayyorlash dasturini tanlash; haroratni tanlash rejimida haroratni pasaytirish.
5. «+» tugmachasi — vaqtni o’rnatish rejimlarida soat yoki daqiqa qiymatlarini orttirish;
avtomatik tayyorlash dasturini tanlash; haroratni tanlash rejimida haroratni orttirish.
6. «Старт/Автоподогрев» («Ishga tushirish / Avtomatik isitish») tugmachasi — tanlangan
tayyorlash dasturini ishga tushirish; avtomatik isitish funksiyasini avvaldan o’chirib qo’yish.
Tugmacha ko’rish qobiliyati sust bo’lgan shaxslar uchun taktil belgi bilan jihozlangan.
7. «Таймер/t°С» («Taymer/t°С») tugmachasi — tayyorlash vaqtini o’rnatish rejimiga o’tish,
vaqtni/tayyorlash haroratini o’rnatish rejimini tanlash («MULTIOSHPAZ» dasturida).
8. «Меню» («Menyu») tugmachasi — avtomatik tayyorlash dasturini tanlash. Tugmacha
ko’rish qobiliyati sust bo’lgan shaxslar uchun taktil belgi bilan jihozlangan.
9. Displey.
Displeyning tuzilishi
A3
1. Tayyorlash dasturi jarayoni ishi indikatori.
2. Tayyorlash vaqtini o’rnatish rejimi indikatori.
3. Tanlangan avtomatik tayyorlash dasturi indikatori.
4. Taomlarni avtomatik isitish va ilitish funksiyalari ishi indikatori.
5. Ta’minot indikatori.
6. Ishlash indikatori.
7. Ovozli yordamchining ishlashini ko’rsatuvchi indikatori.
8. Taymer ko’rsatkichlari rejimi indikatori (vaqt/harorat).
9. Taymer.
I. DASTLABKI YOQISHDAN AVVAL
Asbob qutisini oching va uni qutidan ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling.
Seriya raqami ko‘rsatilgan yorliqdan tashqari barcha o‘rash materiallari va reklama yorliqlarini
olib tashlang.
Asbob qobig‘ini nam mato bilan arting. Kosani sovunli iliq suvda yuving. Yaxshilab quriting.
Birinchi marta ishlatganda begona hid chiqishi mumkin va bu asbobning nosozligi natijasi
hisoblanmaydi. Bu holda asbobni tozalashni amalga oshiring.
Tashigandan yoki quyi haroratlarda saqlagandan keyin yoqishdan avval kamida 2 soat jihozni
xona haroratida saqlab turish kerak.
II. MULTIPISHIRGICHDAN FOYDALANISH
Foydalanishni boshlashdan avval
Jihozni qattiq tekis yuzaga shunday o'rnatingki, bug' klapanidan chiqadigan qaynoq bug'
gulqog'ozlar, bezakli qoplamalar, elektron jihozlar va ortiqcha namlik va haroratdan
shikastlanishi mumkin bo'lgan boshqa buyumlar yoki materiallarga tushmasin.
Tayyorlashdan avval multipishirgichning tashqi va ko'zga ko'rinadigan ichki qismlarida
shikastlanishlar, siniq joylar va boshqa nuqsonlarning yo'qligiga ishonch hosil qiling.
Jom va qizdirish kamerasi tubi orasida begona buyumlar bo'lmasligi kerak.
Ovozli yordamchi
REDMOND RMC-M150 multipishirgichi ovozli yordamchi funksiyasi bilan jihozlangan, bu
tufayli jihozni boshqarish jarayoni to'liq ovozlashtiriladi va qilingan o'zgarishlar va
dasturning joriy parametrlari to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar bilan birga boradi. Funksiya
jihoz yoqilgandan keyin avtomatik ravishda ishga tushadi. Uni o'chirish uchun kutish rejimida
“Час/Мин” tugmasini bosing va ushlab turing. “Час/Мин” tugmasini takroran bosish va
ushlab turish ushbu funksiyani qayta yoqadi.
Tayyorlash vaqtini o’rnatish
1. Tayyorlash dasturini tanlagandan keyin «Таймер/t°С» tugmachasini bosgan holda
tayyorlash vaqtini o’rnatish rejimini tanlang (displeyda “ТАЙМЕР” indikatori yonadi,
o’rnatilgan standart tayyorlash vaqti ko’rinadi, daqiqa indikatori esa miltillay boshlaydi).
2. «Час/Мин» tugmachasi bosgan holda soat yoki daqiqani o’rnatishni tanlang (tanlangan
qiymat miltillaydi). Vaqt qiymatini «+» tugmachasini bosish bilan orttiring, «–»
tugmachasini bosish bilan esa kamaytiring. Qiymatni tezroq o’zgartirish uchun kerakli
bolsilgan tugmachani bir necha soniya ushlab turing.
3. Tayyorlash vaqtini o’rnatish tugagandan keyin (displey miltillashda davom etadi) keyingi
qadamga o’ting. Qilingan o’rnatishlarni bekor qilish uchun «Отмена/Подогрев»
tugmachasini bosing, shundan keyin butun tayyorlash dasturini qaytadan kiriting.
Diqqat! Tayyorlash vaqtini qo’lda o’rnatishda tayyorlash dasturida ko’zda tutilgan vaqt diapazoni
va o’rnatish qadamini hisobga oling. Ayrim dasturlarda tayyorlash vaqtining hisobi jihoz
berilgan ishchi haroratga chiqqanidan keyin boshlanadi.
«Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasi
Bu funksiya tanlangan tayyorlash dasturi ishga tushishi uchun o’tishi kerak bo’lgan vaqt
oralig’ini berishga imkon beradi. Tayyorlash jarayonini 5 daqiqa o’rnatish qadami bilan 5
daqiqadan 24 soatgacha bo’lgan muddatga kechiktirish mumkin.
1. Tayyorlash dasturini tanlagandan va sozlagandan keyin «Отложенный старт»
tugmachasini bosing (displeyda daqiqa qiymati miltillaydi).
2. «Час/Мин» tugmachasi bosgan holda soat yoki daqiqani o’rnatishni tanlang (tanlangan
qiymat miltillaydi). Vaqt qiymatini «+» tugmachasini bosish bilan orttiring, «–»
tugmachasini bosish bilan esa kamaytiring. Qiymatni tezroq o’zgartirish uchun kerakli
bolsilgan tugmachani bir necha soniya ushlab turing.
3. «Старт/Автоподогрев» tugmachasini bosing va bir necha soniya ushlab turing. «Ishga
tushirishni kechiktirish» funksiyasi ishlay boshlaydi (taymer miltillashdan to’xtaydi,
displeyda esa tanlangan tayyorlash dasturi ishga tushgunicha qolgan vaqtning teskari
hisobi aks ettiriladi).
Summary of Contents for RMC-M150
Page 1: ...Мультиварка RMC M150 Руководство по эксплуатации ...
Page 2: ......
Page 3: ... 8 30 37 45 53 61 69 76 83 RUS GBR UKR KAZ UZB ROU LTU LVA EST ...
Page 5: ...3 4 5 1 2 15 14 12 10 9 160 120 11 13 A1 6 8 7 16 ...
Page 6: ...ОТЛОЖЕННЫЙ СТАРТ МАСТЕРШЕФ МАСТЕРШЕФ ЗАПИСЬ МАСТЕРШЕФ СБРОС 1 8 9 2 7 3 6 4 5 A2 ...
Page 7: ...4 3 3 2 9 8 1 6 5 7 A3 ...
Page 90: ......