168
O'ZBEK
Xavfsizlik uchun avto o'chirish rejimi
-
Quvvatni tejash uchun 10 daqiqa davomida jihoz ishlatilmasa, u avtomatik ravishda o'chadi. Yoqish/
o'chirish tugmasidagi avtomatik o'chadigan chiroq yonishni boshlaydi (13-rasm)
-
Jihozni qayta faollashtirish uchun yoqish/o'chirish tugmasini bosing. Keyin jihoz qayta qizishni
boshlaydi.
Eslatma: Jihoz xavfsizlik uchun avto o'chirish rejimida turganida to'liqligicha o'chmaydi. Jihozni o'chirish
uchun yoqish/o'chirish tugmasini bosing.
Turbo bug'
Tezroq dazmollash va yuqori miqdordagi bug' uchun Turbo bug'dan foydalanishingiz mumkin.
1
MAX chirog'i oq rangga kirgunicha yoqish/o'chirish tugmasini 2 soniya bosib turing. (14-rasm)
2
Turbo bug'ni o'chirish uchun yoqish/o'chirish tugmasini chiroq ko'k rangga kirguncha 2 soniya
davomida yana bosing turing.
Dazmollash bo'yicha tavsiyalar
Quritish paytida g'ijimlarni kamaytirish
Kiyimlarni tabiiy ravishda kamroq g'ijimlar bilan quritish uchun dastlabki quritish bosqichida kiyimlarni
to'g'ri yoyish va kiyim ilgichga ilish orqali g'ijimlarni kamaytirishni boshlang.
Ko'ylak dazmollashning eng yaxshi usuli
Yoqa, qo'l qismalar va yenglar kabi ko'p vaqt oluvchi qismlardan boshlang. Keyin, ko'p vaqt oladigan
qismlarni dazmollash davomida katta qismlarning g'ijim bo'lmasligi uchun old va orqasi kabi kattaroq
qismlarni dazmollang.
Yoqa:
Yoqani dazmollayotganingizda birinchi uning ostki tomonidan boshlang va keyin tashqi
tomonining ichki qismi (uchli tomonini) dazmollang. Teskari qiling va takrorlang. Yoqani buking va yanada
mukammal natija uchun chetini bosing.
Tugmalar:
Yanada samarali va tezroq dazmollash uchun tugmalarni teskari tomonidan dazmollang.
Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
Jihozingizni to'g'ri saqlash uchun dazmolli va jihozni muntazam tozalang.
1
Jihozni nam mato bilan tozalang. Ketishi qiyin dog'lardan tozalash uchun oz miqdorda yuvish
suyuqligidan foydalaning.
2
Asos plitasidagi dog'larni oson va samarali tozalash uchun jihozni yoqing va qizdiring. Jihoz
qizigach bug triggerini bosgan holgan uni nam mato ustida harakatlantiring (15-rasm)
Tavsiya: Ravon harakatlanishi uchun asos plitasini muntazam tozalang.
MUHIM - CHO'KMADAN TOZALASH
Cho'kmadan tozlash jarayonini EASY DE-CALC chirog'i yonishni boshlashi va jihoz davomiy signal
chalishi bilan bajarish juda muhim.
EASY DE-CALC chirog'i yonadi va jihozni cho'kmadan tozalash zarurligini ko'rsatish uchun har oy yoki 10
marta dazmollagandan keyin jihoz avtomatik tovush chiqaradi. Dazmollashni davom ettirishdan oldin
quyidagi cho'kmadan tozalash tartibini amalga oshiring.
Kuyish xavfining oldini olish uchun jihozni tarmoqdan uzing va cho'kmani tozalash jarayonidan
oldin jihoz kamida ikki soat sovisin.
1
Tarmoq vilkasini rozetkadan uzing(16-rasm)
2
Jihozni stol usti chetiga joylang.
3
Stakanni (kamida 350 ml sig'imli) EASY DE-CALC murvatining ostiga qo'ying va murvatni soat
miliga teskari buring (. 17-rasm)
Summary of Contents for PerfectCare Elite GC9600 Series
Page 170: ......