9
•
Batareykani o‘zingizcha almashtirmang. Batareyka
shikastlanishi, bu esa qizib ketish yoki jarohatlanishga olib
kelishi mumkin. Baatreyka vakolatli xizmat ko‘rsatuvchi
tomonidan almashtirilishi kerak. Batareyka maishiy
chiqindilardan alohida tarzda qayta ishlanishi yoki chiqitga
chiqarilishi kerak.
•
Mahsulot foydalanuvchilar tomonidan osongina olib
bo‘lmaydigan ichki o‘rnatilgan batareykaga ega bo‘lgan
hollarda LG almashtirish yoki mahsulotdan foydalanib
bo‘lgandan keyin qayta ishlash uchun baatreykani faqat
malakali professional xodimlar chiqarib olishlarini tavsiya
qiladi. Mahsulotga shikast yetkazishning oldini olish va o‘z
xavfsizliklarini ta’minlash uchun foydalanuvchilar batareykani
chiqarib olishga urinmasliklari va maslahat olish uchun
LG Xizmati yordam liniyasiga yoki boshqa mustaqil xizmat
ko‘rsatuvchiga murojaat qilishlari kerak.
•
Batareykani chiqarib olish mahsulot qopqog’ini ajratish, elektr
kabellari/kontaktlarini uzish va maxsus asboblar yordamida
batareyka uyachasini ehtiyotlik bilan ajratib chiqarishni talab
qiladi. Agar sizga batareykani qanday chiqarib olish bo‘yicha
malakali professionallarning ko‘rsatmalari kerak bo‘lsa, http://
www.lge.com/global/sustainability/environment/take-back-
recycling saytiga tashrif buyuring.
Ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foydalanish
to‘g‘risida ma’lumotlar
GPL, LGPL, MPL ostida va ushbu mahsulotda mavjud bo‘lgan
boshqa ochiq kod litsenziyalari ostida dastur kodlarini olish
uchun http://opensource.lge.com saytiga tashrif buyuring.
Dastur kodidan tashqari barcha tegishli litsenziya shartlari,
kafolatlarni rad qilishlar va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi
bildirishnomalarni yuklab olish mumkin.
LG Electronics kompaniyasi [email protected] manziliga
elektron xat orqali talab yuborilgan hollarda ochiq dastur
kodlarini bunday yetkazib berish harajatlarini (jumladan saqlash
qurilmasi, yuborish va qayta ishlash harajatlari) qoplovchi to‘lov
evaziga sizga CD-ROM da taqdim etadi. Ushbu taklif siz
mahsulotni sotib olgan sanadan boshlab uch (3) yil davomida
haqiqiy hisoblanadi.
Tartibga solish bo‘yicha ma’lumotlar (ID raqami,
E-yorliqlash kabilarni tartibga solish)
Tartibga solish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olish uchun
Sozlamalar
>
Umumiy
>
Boshqaruvchi va xavfsizlik
sahifasiga
o‘ting.