3
Xavfsiz va samarali
foydalanish uchun
yo‘riqnomalar
Ushbu oddiy yo‘riqnomalarni o‘qib chiqing. Ushbu
yo‘riqnomalarga amal qilmaslik xavfli yoki noqonuniy bo‘lishi
mumkin.
Ushbu yo‘riqnoma har bir mamlakat uchun mahalliy tilda
yozilgan. Foydalanilgan tilga bog‘liq ravishda mazmuni bir oz
farq qilishi mumkin.
Qurilma to‘g‘risidagi umimuy ma’lumotlar
•
Qurilmaga bog‘liq bo'lgan xizmat provayderi, dasturiy ta’minot
versiyasi qurilma ilovalari, xizmatlar, rasmlar va kontent hudud,
buyicha farq qilishi mumkin.
Radio chastotali to‘lqinlar energiyasining ta’sir
qilishi
Radioto‘lqinlarning ta'sir qilishi va Yutilishning solishtirma tezligi
(YST) to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Ushbu qurilma radioto‘lqinlarning ta’sir qilishi bo‘yicha tegishli
xavfsizlik talablariga mos keladigan tarzda ishlab chiqilgan.
Ushbu talablar yoshi va salomatlik holatidan qat’iy nazar barcha
shaxslarning xavfsizligini kafolatlash uchun mo‘ljallangan
mustahkamlik zahirasini o‘z ichiga oluvchi ilmiy yo‘riqnomalarga
asoslangan.
•
Radioto‘lqinlarning ta’sir qilishi bo‘yicha yo‘riqnomalarda
Yutilishning solishtirma tezligi yoki YST deb ataluvchi o‘lchov
birligidan foydalaniladi. YST uchun testlar qurilma barcha
foydalaniladigan chastota polosalarida ruxsat berilgan eng
yuqori quvvat darajasida o‘tkazgan holda standart usullardan
foydalanib o‘tkaziladi.
•
Turli LG qurilma modellarining YST darajalari o‘rtasida farqlar
mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgani holda ularning barchasi
radioto‘lqinlarning ta’siri bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalarga javob
beradigan tarzda yaratilgan.
•
Ionlashtirmaydigan nurlanishlardan himoya qilish bo‘yicha
Xalqaro komissiya (ICNIRP) tomonidan tavsiya qilingan YST
limiti 10 g to‘qimaga o‘rtacha 2 Vt/kg dan iborat.
•
Bu model uchun quloqda foydalanishga tekshirilgan eng
yuqori YTS qiymati 0,384 Vt/kg (10 g) va tanaga kiyilganda
esa 1,540 Vt/kg (10 g) ga teng.