8
Xavfsiz va samarali
foydalanish uchun
yo‘riqnomalar
Batareyka to‘g‘risidagi ma’lumotlar va qarov
•
Batareykani qismlarga ajratmang yoki qisqa tutashtirmang.
•
U boshqa yetarli darajada ishlamay qo‘yganida batareykani
almashtiring. Batareyka almashtirilishidan avval yuzlab marta
zaryadlanishi mumkin.
•
Batareyka zaryadlash qurilmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh
nurlari ta’siriga qo‘ymang yoki undan cho‘milish xonasi singari
namligi baland joylarda foydalanmang.
•
Batareykani issiq yoki sovuq joylarda qoldirmang, chunki bu
batareykaning ishlashiga putur yetkazishi mumkin.
•
Agar batareyka noto‘g‘ri turi bilan almashtirilsa, portlash
xavfi mavjud bo‘ladi. Foydalanib bo‘lingan batareykalarni
ko‘rsatmalarga ko‘ra chiqitga chiqaring.
•
Zaryadlash qurilmasining keraksiz tarzda quvat iste’mol
qilishining oldini olish uchun qurilma to‘liq zaryadlanib
bo‘lganidan keyin zaryadlash qurilmasini rozetkadan uzib
qo‘ying.
•
Hayvonlarning tishlari yoki panjalari kabi o‘tkir qirrali
buyumlarning batareykaga tegmasligiga ishonch hosil qiling.
Bu yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Savdo belgilari
•
Bluetooth
®
butun dunyo bo‘ylab Bluetooth SIG, Inc.
kompaniyasining ro‘yxatga olingan savdo belgisi hisoblanadi.
•
Wi-Fi
®
Wi-Fi logotipi Wi-Fi Alliance kompaniyasining ro‘yxatga
olingan savdo belgilari hisoblanadi.
•
Copyright ©2017 LG Electronics Inc. Barcha huqular himoya
qilinadi.. LG va LG logotipi LG Group va uning tegishli sho’ba
kompaniyalarining ro‘yxatga olingan savo belgilaridir.
OGOHLANTIRISH
Batareyka almashtirish bo‘yicha eslatma
•
Litiyli-ionli batareyka jarohatlanishga olib kelishi mumkin
bo‘lgan xavfli komponentdir.
•
Vakolatli professional bo‘lmagan shaxs tomonidan batareyka
almashtirish qurilmangizga shikast yetkazishi mumkin.