68
ishlarning barchasini max-
sus servis-markaz bajarishi
lozim. Noprofessional baja-
rilgan ish asbobning buzi-
lishiga, jarohatlanish hamda
mol-mulkning shikastlanis-
higa olib kelishi mumkin.
Texnik tavsifi
Model ................................................................................................................RMC-M4502
Quvvati .......................................................................................................................860 Vt
Kuchlanish ...........................................................................................220–240 V, 50 Gts
Kosa hajmi ........................................................................................................................ 5 l
Kosa qoplamasi ................................. kuyishga bardosh keramik Anato® (Koreya)
Bug‘ klapani ......................................................................................................ajraladigan
SK-displey
.........................................................................................................monoxromli
Dasturlari soni ......................... 34 (16 avtomatik, 18 qo‘lda sozlanadigan dastur)
Avtoqizitish ............................................................................................bor, 24 soatgacha
Avtoqizitishni o‘chirish funktsiyasi ............................................................................bor
Taomlarni isitish funktsiyasi ............................................................bor, 24 soatgacha
Tayyorlash temperaturasini tanlash ........................................................................bor
Kechiktirilgan start funktsiyasi .............................................................. bor, 2 taymer
Dasturlar
1.
МУЛЬТИПОВАР (MULTIOSHPAZ)
2.
ПАР – МЯСО (BUG‘ – GO‘SHT)
3.
ПАР – РЫБА (BUG‘ – BALIQ)
4.
ПАР – ОВОЩИ (BUG‘ – SABZAVOTLAR)
5.
ЖАРКА – МЯСО (QOVURISH – GO‘SHT)
6.
ЖАРКА – РЫБА (QOVURISH – BALIQ)
7.
ЖАРКА – ОВОЩИ (QOVURISH – SABZAVOTLAR)
8.
ТУШЕНИЕ (DIMLASH)
9.
ВАРКА (PISHIRISH)
10.
ВАРКА – ЭКСПРЕСС (PISHIRISH – EKSPRESS)
11.
ВАРКА – КАША (PISHIRISH – BO‘TQA)
12.
ПАСТА (PASTA)
13.
СУП (SHO‘RVA)
14.
ВЫПЕЧКА (NON MAHSULOTLARI)
Butlanishi
Ichiga kosa o‘rnatilgan multivarka
..................................................................... 1 dona
Bug‘da pishirish uchun konteyner ..................................................................... 1 dona
Frityurda qovurish uchun savat........................................................................... 1 dona
Kosa uchun qisqich ................................................................................................. 1 dona
O‘lchov stakani ......................................................................................................... 1 dona
Yog‘log‘i ..................................................................................................................... 1 dona
Yassi qoshiq .............................................................................................................. 1 dona
Yog‘log‘i/qoshiq uchun tutqich............................................................................ 1 dona
Elektr manbai shnuri .............................................................................................. 1 dona
«120 retsept» kitobi................................................................................................ 1 dona
Foydalanishga doir qo‘llanma ............................................................................. 1 dona
Servis kitobchasi
...................................................................................................... 1 dona
Ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini takomillashtirish jarayonida mahsulot di-
zayni, uning butlanishi hamda texnik tavsifiga o‘zgartirishlar kiritish va mazkur
o‘zgarishlar to‘g‘risida qo‘shimcha xabar bermaslik huquqiga ega.
Model tuzilishi
1. Ajraladigan bug‘ klapanili qopqoq
2.
Ichki alyumin qopqoq
3. Ajraladigan RB-C502 kosasi
4.
SK-displeyli boshqaruv paneli
5. Yassi qoshiq
6. O‘lchov stakani
7. Bug‘da tayyorlash uchun konteyner
8. Yog‘log‘i
9. Qovurish uchun savat
10. Elektr manba shnuri
11. Kosani chiqarish uchun qisqich
12. Yog‘log‘i/qoshiq tutqich
Knopkalarning vazifasi
1.
«Время приготовления» («Tayyorlash vaqti») – soat va minut qiymatlari
-
ni o‘rnatish:
• joriy vaqtni o‘rnatayotganda;
• kechiktirilgan start taymerlarini o‘rnatayotganda;
• dasturda tayyorlash vaqtini o‘rnatayotganda.
2.
«Установка времени» («Vaqtni o‘rnatish») – joriy vaqt, kechiktirilgan start
yoki tayyorlash vaqtini o‘rnatish rejimlarida «soat»/«minut»ni tanlash.
3.
«Отложенный старт» («Kechiktirilgan start») – joriy vaqtni o‘rnatish reji
-
miga kirish; kechiktirilgan start ikki taymeridan birini tanlash.
4.
«Поддержание тепла / Отмена» («Issiqni quvvatlash / Bekor qilish») –
tayyor taomlar temperaturasini quvvatlash funktsiyasini o‘chirish; qizitish
rejimini yoqish va o‘chirish; joriy vaqt sozlamalaridan tashqari, barcha
dasturlar va sozlamalarni bekor qilish.
5.
«Меню» («Menyu») – tayyorlash dasturini tanlash.
6.
«Варка» («Pishirish») – «ВАРКА» dasturida kichik dasturlarni tanlash.
7.
«Вид продукта» («Mahsulot turi») – «ПАР», «ЖАРКА», «МУЛЬТИПОВАР»
dasturlarida mahsulot turini tanlash.
8.
«Температура» («Temperatura») – «МУЛЬТИПОВАР» dasturida tayyorlash
temperaturasini o‘zgartirish.
9.
«Старт» («Start») – tayyorlash dasturini ishga tushirish.
Displey tuzilishi
1. Tanlangan tayyorlash dasturi indikatori
2. Joriy vaqt indikatori
3. Tayyorlash vaqti indikatori
4. 1 va 2 kechiktirilgan start taymerlari indikatori
5.
«ПАР», «ЖАРКА», «МУЛЬТИПОВАР» dasturlarida mahsulot turi indikatori
6.
«ВАРКА» dasturida kichik dasturlar indikatori
7.
«МУЛЬТИПОВАР» dasturida tayyorlash temperaturasi indikatori
I. FOYDALANISHGA KIRISHISHDAN OLDIN
Asbob qutisini oching va uni qutidan ehtiyotkorlik bilan chiqarib oling, seriya
raqami ko‘rsatilgan yorliqdan tashqari barcha o‘rash materiallari va reklama
yorliqlarini olib tashlang.
Mahsulotda seriya raqamining yo‘qligi sizni o‘z-o‘zidan unga kafolatli xizmat
ko‘rsatish huquqidan mahrum etadi.
Asbob qobig‘ini nam mato bilan arting. Kosani sovunli iliq suvda yuving. Yaxs-
hilab quriting. Birinchi marta ishlatganda begona hid chiqishi mumkin va bu
asbobning nosozligi natijasi hisoblanmaydi. Bu holda asbobni tozalashni amal-
ga oshiring.
Diqqat! Har qanday nosozlik yuz berganda asbobdan foydalanish taqiqlanadi.
II. MULTIVARKADAN FOYDALANISH
Birinchi marta yoqishdan oldin
Asbobni qattiq tekis gorizontal yuza ustiga shunday qo‘yingki, bug‘ klapanidan
chiquvchi qaynoq bug‘ devordagi gulqog‘ozlarga, dekorativ qoplamalarga, elekt-
ron asboblarga hamda oshiqcha namlik va temperaturadan shikastlanishi
mumkin bo‘lgan boshqa ashyolar yoki materiallarga tegmasin.
Taom tayyorlashdan oldin multivarkaning tashqi va ko‘zga ko‘rinadigan ichki
qismlarida sinishlar, darz ketishlar va boshqa nuqsonlar yo‘qligiga ishonch hosil
qiling. Kosa va qizituvchi element o‘rtasida begona predmetlar bo‘lmasligi kerak.
Soatni o‘rnatish
1.
Asbobni elektr tarmog‘iga ulang. «Отложенный старт» knopkasini bosing
va uch sekund mobaynida ushlab turing, displeyda joriy vaqt minutlari
indikatori lipillay boshlaydi.
2.
«Время приготовления» knopkasini bosish orqali minutlar qiymatini ol
-
dinma-ketin o‘zgartiring. Agar knopkani uch sekunddan ortiq ushlab tur-
sangiz, qiymatlarni ildam o‘zgartirish boshlanadi. Minutlarni o‘rnatishni
yakunlagach, «Установка времени» knopkasini bosing, displeyda joriy vaqt
soatlari indikatori lipillay boshlaydi.
3.
«Время приготовления» knopkasini bosish orqali soatlar qiymatini oldin
-
ma-ketin o‘zgartiring. Agar knopkani uch sekunddan ortiq ushlab tursan-
giz, qiymatlarni ildam o‘zgartirish boshlanadi.
4.
Vaqtni o‘rnatishni yakunlagach, «Поддержание тепла / Отмена» knopkasini
bosing yoki vaqt indikatori lipillashdan to‘xtaguncha bir necha sekund kuting.
Tayyorlash vaqtini o‘rnatish
REDMOND RMC-M4502 multivarkasida har bir dastur uchun zavodda o‘rnatilgan
tayyorlash vaqtini qo‘lda o‘zgartirish imkoniyati nazarda tutilgan. O‘zgartirish
qadami va belgilanishi mumkin bo‘lgan vaqt diapazoni tanlangan tayyorlash
dasturiga bog‘liq bo‘ladi.
1.
«Меню» knopkasini bosish orqali tayyorlash avtomatik dasturini tanlang.
«Установка времени» knopkasini bosing, displeyda minutlar indikatori
lipillay boshlaydi. «Время приготовления» knopkasini bosish orqali mi
-
nutlar qiymatini oldinma-ketin o‘zgartiring. Agar knopkani uch sekunddan
ortiq ushlab tursangiz, qiymatlarni ildam o‘zgartirish boshlanadi.
2.
«Установка времени» knopkasini bosing, displeyda soatlar indikatori li
-
pillay boshlaydi. «Время приготовления» knopkasini bosish orqali soatlar
qiymatini oldinma-ketin o‘zgartiring. Agar knopkani uch sekunddan ortiq
ushlab tursangiz, qiymatlarni ildam o‘zgartirish boshlanadi.
3. Bir soatdan kam bo‘lgan tayyorlash vaqtini o‘rnatish talab etilgan holda
soatni o‘rnatish rejimida «Время приготовления» knopkasini displeydan
soatlar indikatori g‘oyib bo‘lguncha oldinma-ketin bosing. So‘ng «Установка
времени» knopkasini bosing, displeyda minutlar indikatori lipillay bosh
-
laydi. «Время приготовления» knopkasini oldinma-ketin bosish yo‘li bilan
minutlarning kerakli qiymatini o‘rnating.
Kiritilgan o‘rnatmalarni bekor qilish uchun «Поддержание тепла / Отмена»
knopkasini bosing. Zarur holda tayyorlash dasturini to‘liq qaytadan kiriting.
Avtomatik dastur qo‘lda o‘zgartirilganda asbob darhol tayyorlash minimal vaq-
tini aks ettiradi.
REDMOND RMC-M4502 multivarkasi energiyadan mustaqil xotiraga ega. Elektr
quvvati 10 minutgacha vaqtinchalik o‘chirilganida, o‘rnatilgan sozlamalarning
barchasi, shu jumladan kechiktirilgan start sozlamalari saqlanib qoladi.
«Отложенный старт» funktsiyasi
Tayyorlash avtomatik dasturi bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vaqtni belgilash
imkonini beradi. Tayyorlash jarayonini kechiktirish 10 minutdan 24 soatgacha
bo‘lgan vaqt doirasida amalga oshirilishi mumkin, bunda o‘rnatish qadami – 10
minut. Asbob taom tayyorlash ayniqsa ko‘p amalga oshiriladigan vaqtni eslab
qolish imkonini beruvchi ikki mustaqil taymer bilan jihozlangan.