6
•
Bu qurilmani qismlarga ajratmang. Qurilmani ta’mirlash talab qilingan
hollarda uni vakolatli xizmat ko‘rsatuvchi texnikka olib boring.
•
LG kafolatli ta’mirlash almashtirilgan qismlarga mos keladigan
funktsiyalarga ega yangi yoki ta’mirlangan qismlarni va platalarni
almashtirishni o’z ichiga olishi mumkin.
• TV, radio va shaxsiy kompyuter kabi elektrik qurilmalardan uzoqroq
saqlang.
•
Qurilma radiatorlar yoki pishirish pechlari kabi issiqlik manbalaridan
uzoqroq saqlanishi kerak.
•
Qurilmani tushirib yubormang yoki qurilmani biror-bir zarb ta’siri ostiga
qo‘ymang.
•
Qurilmani mexanik tebranish yoki zarba ta’siri ostiga qo‘ymang.
•
Qurilmani maxsus cheklovlar qo’llaniladigan joylarda o’chiring. Masalan,
shifoxonalarda qurilmani ishlatmang, chunki u o’ta sezgir tibbiy
qurilmalarga ta’sir qilishi mumkin.
•
Qurilma zaryadlanayotgan vaqtda uni nam qo‘llaringiz bilan ushlamang. Bu
elektr toki urishiga olib kelishi va qurilmangizni jiddiy shikastlashi mumkin.
•
Telefon apparatini yonuvchan materiallar yaqinida zaryadlamang, chunki
qurilma qizib ketishi va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Qurilmaning tashqi qismini tozalash uchun quruq matodan foydalaning
(benzin, erituvchi yoki spirt kabi eritmalarda foydalanmang).
•
Qurilma yumshoq jihozlar ustida bo‘lganida uni zaryadlamang.
•
Qurilma yaxshi shamollatiladigan joylarda zaryadlanishi kerak.
•
Ushbu qurilmani ortiqcha tutun yoki chang ta’siri ostiga qo‘ymang.
•
Ushbu qurilmani kredit kartalar yoki yo‘l chiptalarining yaqiniga qo‘ymang;
bu magnit tasmalardagi ma’lumotlarga ta’sir qilishi mumkin.
•
Qurilma ekraniga o‘tkir buyumlar bilan tegmang, chunki bu qurilmaning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
•
Qurilmaga suyuqlik yoki namning ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymang.
•
Telefoningiz oynasi singan, dars ketgan bo’lsa u holda telefondan
foydalanmang, tegmang yoki uni olib tashlash yoki tuzatishga urinmang.
Foydalanish qoidalarini buzish yoki noto‘g‘ri foydalanish tufayli shisha
displeyning shikastlanishi kafolat qamrovi doirasiga kirmaydi.
•
Ushbu qurilma odatdagidek ishlayotgan vaqtda o‘zidan issiqlik chiqaruvchi
elekrton qurilmadir. Mos darajadagi ventilyatsiya mavjud bo‘lmagan
hollarda o‘ta uzoq vaqt to‘g‘ridan-to‘g‘ri teriga tegib turish noqulaylik
yoki kichik kuyishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham ishlatish
vaqtida yoki ishlatib bo‘lgandan keyin qurilma bilan ishlaganda ehtiyot
bo‘ling.
•
Qurilmangiz xo‘l bo‘lsa, uni darhol rozetkadan uzing va yaxshilab quriting.
Pech, mikroto‘lqinli pech yoki soch quritgich kabi tashqi quritish moslamasi
bilan quritish jarayonini tezlashtirishga harakat qilmang.
•
Issiqlikni tarqatib yuborish uchun mobil qurilma mos havo aylanishini
talab qiladi. Bevosita teriga tegish va qurilmaga mos bo‘lmagan havo
aylanishi qurilmaning ortiqcha qizib ketishiga olib kelishi mumkin. Qurilma
foydalanuvchining tanasidan kamida 1,0 sm masofada bo‘lishi kerak.
•
Chang yoki boshqa har qanday begona narsalarning Zaryadlash qurilmasi/
USB kabeli portiga kirishiga yo‘l qo‘ymang. Bu qizish yoki yong‘in
chiqishiga olib kelishi mumkin.