12
3. Ishlab chiqarilgan sana
Ishlab chiqarilgan sana qutida ko‘rsatilgan
4. Qo‘shimcha ma’lumotlar
(1) Saqlash
Qurilmani tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob-havo sharoitlari (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tushuvchi quyosh nurlari, shamol, yomg’ir yoki 0 darajadan pastga
tushuvchi harorat) ta’sirida qoluvchi joylarga o‘rnatmang yoki saqlamang.
(2) Tashish
Mahsulot transport qoidalariga muvofiq har qanday transport vositasi
bilan tashiladi.
•
Tashish shikastlanishni istisno qiluvchi sharoitlar ostida amalga oshirilishi
kerak.
•
Yuklash va tushirish vaqtida mahsulotni yuklarning ta’siri ostida qolishiga
yo‘l qo‘ymang.
(3) Sotish
•
Mahsulotlarni sotish ular sotilayotgan mamlakatning amaldagi
qonunchiligida o‘rnatilgan qoidalarga ko‘ra amalga oshiriladi.
(4) Qayta ishlash
•
Eski elektr mahsulotlari tarkibida zararli moddalar mavjud bo‘lishi
mumkin, shuning uchun ham eski qurilmangizni to‘g‘ri chiqitga chiqarish
atrof-muhit va insonlar salomatligiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan salbiy
oqibatlarning oldini olishga yordam beradi. Eski qurilmangiz tarkibida
boshqa mahsulotlarni ta’mirlashda foydalanish mumkin bo‘lgan qayta
foydalaniluvchi qismlar hamda cheklangan resurslarni saqlab qolish uchun
qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan boshqa qimmatbaho materiallar mavjud
bo‘lishi mumkin.
•
Eski qurilmangizni chiqitga chiqarish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olish
uchun shahar hokimiyati, chiqindilarni to‘plash xizmati yoki mahsulot xarid
qilingan do‘konga murojaat qiling.
(5) Maqsadi
Ushbu qurilma turli xil ulanish rejimlariga (Wi-Fi, Bluetooth va boshqalar)
yordam berish orqali ovozli va ma’lumotlarni uzatish uchun 2G, 3G, 4G
standartidagi operator tarmoqlariga ulanish uchun terminal qurilmadir.
(6) Texnik xususiyatlari va parametrlari
GSM/UMTS/LTE/BT/Wi-Fi/GNSS/NFC
(7) Qurilma noto‘g‘ri ishlagan hollarda bajariladigan harakatlar tartibi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Qurilmaning noto‘g‘ri ishlayotgani aniqlangan hollarda:
•
Qurilmani o‘chiring
•
Qurilmani rozetkadan uzing
•
Maslahatlar olish yoki ta’mirlash uchun servis markaziga yoki vakolatli
dilerga murojaat qiling