
- O’zbek 253 -
Bug’lamasdan aralashtirish
Jihoz quyidagi maqsadlarga mo’ljallangan:
–
bolalar ovqati uchun bug’langan va pishirilgan masalliqlarni pyure qilish
– bolalar ichimliklari uchun suyuqliklarni va mevalarni aralashtirish
Jihoz muz kubiklar va shakar kubiklar kabi qattiq masalliqlarni maydalash uchun
mo’ljallanmagan.
Bankaga suyuqliklar quyilgandan keyin, hech qachon bankani bug’lash holatiga
qo’ymang.
Eslatma: Suyuqliklarni aralashtirganda, bankani unda ko’rsatilgan maksimal daraja
belgisidan yuqori qilib to’ldirmang.
Eslatma: Hech qachon bola ovqatini aralashtirgandan keyin bug’lamang.
1
Pichoq blokini bankadagi pichoq bloki ushlagichiga qo’ying.
2
Qattiq masalliqlarni bankaga solishdan oldin ularni mayda (2-3 sm kattalikdagi
kubiklar) bo’lak qilib to’g’rang.
Maslahat: Bir paytning o’zida ko’p miqdordagi qattiq masalliqlarga ishlov bermang.
Buning o’rniga bu masalliqlani kichik qismlarga bo’lib ishlov bering.
3
Masalliqlarni bankaga soling.
Eslatma: Yashil pichoq blokining tepa qirrasidan oshirmang.
4
Klapanni qopqoqqa soling.
Eslatma: Klapan to’g’ri mahkamlanganiga ishonch hosil qiling.