O'zbek
647
Ushbu mahsulotdagi batareyalarni utilizatsiya
qilish qoidalari
Batareya, qo‘llanma yoki mahsulot o‘ramidagi ushbu belgi
shuni anglatadiki, ushbu mahsulotdagi batareyalar o‘z
xizmat muddati tugaganidan keyin maishiy chiqindilar
bilan birga chiqindiga tashlanmasligi lozim. Belgi
qo‘yilganda, Hg, Cd yoki Pb kabi kimyoviy belgilar batareya
tarkibida simob, kadmiy yoki qo‘rg‘oshin miqdori EC
Direktiv 2006/66 darajalaridan yuqoriligini bildiradi.
Rad etish
Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi
tomonga tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/
yoki boshqa intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan.
Bunday tarkib va xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida
foydalanish uchun taqdim etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning
egasi yoki ta’minotchisi tomonidan ruxsat etilmagan maqsadlarda
foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga tayangan holda,
agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan bo‘lsa,
quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan
har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash,
yuklab olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy
ishlarni yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.