O'zbek
640
Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz
chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini
sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va uni
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
Transport vositasini boshqarish vaqtida qurilmadan
foydalanishda barcha xavfsizlik qoidalari va normativlariga
rioya qiling
Avtomobilni boshqarish vaqtida Sizning eng birinchi vazifangiz transport
vositasini diqqat bilan boshqarishdir. Transportni boshqarish vaqtida
hech qachon qurilmadan foydalanmang.
Qurilmangizdan to‘g‘ri foydalanish
Qurilmangizni quruq holda saqlang
•
Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki
unda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.
•
Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Agar qurilmangiz
yoqilgan bo'lsa, uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar
qurilma o‘chmasa yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shunday
holatda qoldiring). Undan so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va
xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring.
•
Ushbu qurilmaning ichki suyuqlik indikatorlari sozlangan.
Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga
kirmasligi mumkin.
Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying
Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.