165
O'zbek
Kirish
Xaridingiz muborak bo'lsin va Philips'ga xush kelibsiz! Philips taklif qiladigan qo'llab-quvvatlash xizmatidan
foydalanish uchun jihozingizni
www.philips.com/welcome
saytida ro'yxatdan o'tkazing.
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu qo'llanmani, muhim maʼlumot risolasini va tez ishga tushirish bo'yicha
ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ularni kelgusida maʼlumot uchun saqlab qo'ying.
Philipsʼdan eksklyuziv texnologiya
OptimalTEMP texnologiyasi
OptimalTEMP texnologiyasi dazmol qilinadigan barcha mato turlarini har qanday tartibda dazmol haroratini
sozlamay va kiyimlaringizni saralamay turib ham dazmollashga imkon beradi.
Issiq asos plitasini dazmol platformasiga qaytib qo'ymasdan to'g'ridan-to'g'ri dazmollash taxtasida qoldirish
xavfsiz hisoblanadi (2-rasm). Bu bilagingizga tushadigan bosimni kamaytiradi.
Compact ProVelocity texnologiyasi
Bu texnologiya burmalarni osonlik bilan tekishlash uchun chuqur kirib boradigan uzluksiz bug' bilan
taʼminlaydi (3-rasm). Bir paytning o'zida, u jihozni anʼanaviy bug' generatorlariga qaraganda ixchamroq va
yengilroq bo'lishini taʼminlaydi, bu esa saqlashni osonlashtiradi.
Mahsulotning umumiy ko'rinishi (1-rasm)
1
Suv taʼminoti shlangi
2 Bug' triggeri/Bug'ni kuchaytirish
3
“Dazmol tayyor” chirog'i
4 Asos plita
5 Dazmol platformasi
6 Ko'tarishga qarshi qulfni ochish tugmasi
7
Ajraladigan suv baki
8 Suv taʼminoti shlangini saqlash bo'lmasi
9
Vilka bilan tarmoq shnuri
10 Chiroqli CALC-CLEAN tugmasi
11 Yoqish va avtomatik o'chirish chirog'iga ega yoqish/o'chirish tugmasi
12 Chiroqli ECO tugmasi
13 Cho'kmalardan aqlli tozalash konteyneri
Ishlatishga tayyorlash
Ishlatiladigan suv turi
Jihozingiz vodoprovod suvida ishlashga mo'ljallangan. Biroq agar qattiq suvli hududda yashasangiz,
cho'kma tezroq to'planishi mumkin. Shu sababli, jihozning xizmat muddatini uzaytirish uchun distillangan
yoki demineralizatsiyalangan suvdan foydalanish tavsiya etiladi.
Ogohlantirish: Xushbo'y suv, quritish mashinasining suvi, sirka, kraxmal, cho'kmalarni tozalash
vositalari, dazmol qilish vositalari, kimyoviy cho'kmalardan tozalangan suv yoki boshqa kimyoviy
moddalarni quymang, chunki ular sizib chiqishi, jigarrang dog'lar hosil qilishi yoki jihozingizga
shikast yetishiga sabab bo'lishi mumkin.
Suv bakini to'ldirish
1
Suv bakini har safar foydalanishdan oldin yoki suv bakidagi suv sathi minimal darajadan pastga
tushganda to'ldiring. Suv bakini istalgan foydalanish vaqtida qayta to'ldirishingiz mumkin.
2
Suv bakini asosdan chiqarib oling (4-rasm).
3
Suv bakini MAX belgisigacha to'ldiring (5-rasm).
4
Jihozning pastki qismini qo'yish orqali suv bakini ortga qaytaring.
5
Suv baki joyiga qulflangunicha (“tiq” etgunicha) yuqori qismini itaring (6-rasm).