56
ЎЗБЕК
56
ELEKTR BUG’DA TAYYORLASH
MOSLAMASI
BUYUMNING TA’RIFI
1. Qopqoq
2. Guruch pishirish uchun idish
3. Ustki bug‘ idishi
4. O‘rta bug‘ idishi
5. Pastki bug‘ idishi
6. Kondensatni to’plash uchun taglik
7. Isitish elementining halqasi
8. Isitish elementi
9. Suv quyish teshigi
10. Suv sathining shkalasi
11. Taymer
12. Ish indikatori
13. Suv rezervuari
14. Buyumning korpusi
XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
Bug’da tayyorlash moslamasidan
foydalanishdan avval undan foydalanish
qo’llanmasini diqqat bilan o’qib chiqing.
• Mazkur foydalanish qo’llanmasini axborot
materiali sifatida saqlab qo’ying.
• Mazkur buyumni faqat foydalanish
qo’llanmasida ko’rsatilgan kabi
foydalaning.
• Buyumni ishlagan holda qarovsiz tashlab
ketmang.
• Faqat yetkazib berish to’plamiga
kiruvchi yechib olinadigan anjomlardan
foydalanish lozim.
• Bug’da tayyorlash moslamasini elektr
tarmog’iga ulashdan avval buyumning
ustida ko’rsatilgan ish kuchlanishi
tarmoqning kuchlanishiga mos kelishiga
ishonch hosil qiling.
• Tarmoq simi “evrovilka” bilan jihozlangan;
uni ishonchli yerga tutashtirish simi
bo’lgan rozetkaga ulang.
• Yong'in chiqish xavfi ni vujudga
keltirmasligi uchun buyumni elektr
rozetkasiga ulaganda kuchlanishni
o’zgartirgichlardan foydalanmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasidan
xonalardan tashqarida foydalanmang.
• Buyumni tekis, barqaror yuzaga o’rnating.
• Bug’da tayyorlash moslamasini devorlar
yoki osma shkafl arga yaqin joyda
foydalanmang, chunki undan chiqadigan
issiq bug’ ularga shikast yetkazishi
mumkin.
• Buyumning birinchi ishlatilishidan avval
oziq-ovqat mahsulotlariga tegib turadigan
barcha anjomlarini puxta yuvib chiqish
lozim.
• Bug’da tayyorlash moslamasini yoqishdan
avval suv uchun idishni suvga to’ldiring,
aks holda buyum shikastlanishi mumkin.
• Buyumni yoqishdan avval chiqarilishi
mumkin bo’lgan barcha qismlarning to’gri
o’rnatilishiga ishonch hosil qiling.
• Buyum bilan ishlaganda ehtiyot bo’ling:
har qanday suyuqlik yoki kondensat juda
issiq bo’ladi.
• Buyumdan chiqayotgan bug’ tufayli,
ayniqsa qopqog’ini ochish paytida,
kuyishdan ehtiyot bo’ling.
• Buyumning qopqog’ini yoki bug’li
idishlarni yechib olish uchun oshxona
sochiqlari yoki qo’lqoplaridan foydalaning.
• Bug’da tayyorlash moslamasining
ishlagan paytida buyumning qopqog’iga
va bug’li idishlarga tegmang – ular juda
issiq bo’ladi.
• Buyumning qopqog’ini bug’ni chiqarib
yuborish uchun sekin ko’taring, va
buyumning qopqogini undan suv oqib
tushishi uchun bug’ idishining ustida
ushlab turing.
• Agar siz oziq-ovqat mahsulotlarining
tayyorligini tekshirib ko’rmoqchi
bo’lsangiz, dastasi uzun oshxona
buyumlaridan foydalaning.
• Bug’da tayyorlash moslamasining qolgan
barcha komponentlari sovib qoldganda
ham, suv uchun idishning ichidagi suv
issiq bo’lishi mumkinligini unutmang.
• Taglik, bug‘ idishlari va qopqoq
o’rnatilmagan holda bug’da tayyorlash
moslamasidan foydalamang.
• Buyumning ichida issiq mahsulotlar
bo’lganda uni joyidan siljitmang.
1552.indd 56
1552.indd 56
25.11.2010 12:54:48
25.11.2010 12:54:48