703
O'zbek
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki
o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
•
Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki
takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi
mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat
ko‘rsatish Markaziga olib boring.
•
Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu
portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.
•
Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar
yoqilgan holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu
qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
•
Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka
bilan arting.
•
Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
•
Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish
qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr
toki urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Qurilmaga suv, ter, chang, kosmetik moddalar, siyoh, kir
yuvish vositasi, hasharotlarga qarshi vosita va moy tushishidan
ehtiyot bo‘ling. Agar qurilmangizga yuqorida sanab o‘tilgan
moddalardan biri tegsa, uni tozalash uchun tuksiz, yumshoq
matodan foydalaning.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga
halaqit bermang