696
O'zbek
•
Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli
avtomobilingizdagi elektron qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun ishlab chiqaruvchi bilan
bog‘laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga
yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga
zarar yetkazishi mumkin.
Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio
aralashuv haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab
chiqaruvchi bilan bog‘laning
Qurilmangizdan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan
bog‘liq ba’zi muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni
ishlatishdan avval, qurilma tomonidan chiqariladigan radio
to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi yoki
bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi
bilan bog‘laning.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi
radio chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qurilma yoki
uskunalar yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi
mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring
•
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda batareyani olib
tashlamasdan, qurilmangizni o‘chiring.
•
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish
qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
•
Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy
moddalar yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda
qurilmangizdan foydalanmang.