58
«РИС/КРУПЫ» dasturi
Dastur turli yormalardan sochiluvchan bo’tqalarni pishirish, turli garnirlar tayyorlash uchun
tavsiya qilinadi. Standart holatda «РИС/КРУПЫ» dasturida tayyorlash vaqti 30 daqiqani
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini o’rnatish diapazoni: 1 (5 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan
oraliq uchun) yoki 5 (1 soatdan 4 soatgacha bo’lgan oraliq uchun) daqiqa o’zgartirish qadami
bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha.
«МАКАРОНЫ» dasturi
Makaron mahsulotlari, sosiskalar tayyorlash, tuxum qaynatish uchun tavsiya qilinadi. Standart
holatda «МАКАРОНЫ» dasturida tayyorlash vaqti 8 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini
qo’lda 1 daqiqaga teng qadam bilan 2 daqiqadan 1 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
Tayyorlash dasturi ishlash vaqtining teskari hisobi suv qaynagandan keyin boshlanadi. Ushbu
dasturda «Ishga tushirishni kechiktirish» funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
1. Jomga suv quying. Suv sathining jonm ichki yuzasidagi maksimal belgidan pastda bo’lishini
kuzatib turing. «Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi»
bo’limi 2-5-bandlariga, keyin esa 7-bandiga amal qiling.
2. Suv qaynagandan keyin signal chalinadi. Qopqoqni ehtiyotlik bilan oching va mahsulotlarni
qaynayotgan suvga soling, keyin qopqoqni tirqillagan tovush chiqargan holda yoping.
O’rnatilgan dasturni bajarish va tayyorlash vaqtining teskari hisobi boshlanadi.
3. Keyin «Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi» bo’limi
8-9-bandlariga amal qiling.
Diqqat! Ayrim mahsulotlarni tayyorlaganda ko’pik hosil bo’ladi. Uning jomdan chiqib ketishini
oldini olish uchun mahsulotlar qaynayotgan suvga solingandan nir necha daqiqa keyin
qopqoqni ochib qo’yish mumkin.
«НА ПАРУ» dasturi
Go’shtli taomlar, baliq va sabzavotlarni bug’da tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart
holatda «НА ПАРУ» dasturida tayyorlash vaqti 20 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini
5 daqiqaga teng qadam bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
Ushbu dasturda tayyorlash vaqtini hisoblash suv qaynagandan keyin boshlanadi.
Sabzavotlar va boshqa mahsulotlarni bug’da tayyorlaganda:
• Jomga 600-1000 ml suv quying. Bug’da tayyorlash uchun konteynerni jomga o’rnating.
• Resept bo’yicha masalliqlarni o’lchang va tayyorlang, ularni bug’da tayyorlash uchun
konteynerga bir tekis yoying.
• «Avtomatik dasturlardan foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi» bo’limi
2–9-bandlariga amal qiling.
«ТОМЛЕНИЕ» dasturi
Dimlangan go’sht tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda «ТОМЛЕНИЕ» dasturida
tayyorlash vaqti 5 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 10 daqiqaga teng qadam bilan 10
daqiqadan 8 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
«ЖАРКА» dasturi
Go’sht, sabzavotlar, dengiz mahsulotlari, parranda go’shtini qovurish uchun tavsiya qilinadi.
Standart holatda «ЖАРКА» dasturida tayyorlash vaqti 15 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash
vaqtini 1 daqiqaga teng qadam bilan 5 daqiqadan 2 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish
mumkin. Mahsulotlarni jihoz qopqog’i olingan holda qovurish lozim. Ushbu dasturda ishga
tushirishni kechiktirish funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
«ПЛОВ» dasturi
Palov tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart tayyorlash vaqti «ПЛОВ» dasturIda 1 soatni
tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini 5 daqiqaga teng qadam bilan 10 daqiqadan 2 soatgacha
bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
«СУП» dasturi
Turrlicha birinchi taomlarni hamda kompotlar va boshqa ichimliklarni tayyorlash uchun
tavsiya qilinadi. Standart holatda «СУП» dasturida tayyorlash vaqti 1 soatni tashkil qiladi.
Tayyorlash vaqtini qo’lda 5 daqiqaga teng qadam bilan 10 daqiqadan 8 soatgacha bo’lgan
diapazonda o’rnatish mumkin.
«МОЛОЧНАЯ КАША» dasturi
Sutli bo’tqa tayyorlash uchun mo’ljallangan. Standart holatda «МОЛОЧНАЯ КАША» dasturida
tayyorlash vaqti 25 daqiqani tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini o’rnatish diapazoni: 1 (5 daqiqadan
1 soatgacha bo’lgan oraliq uchun) yoki 5 (1 soatdan 4 soatgacha bo’lgan oraliq uchun) daqiqa
o’zgartirish qadami bilan 5 daqiqadan 4 soatgacha.
Dastur yog’lilik darajasi past bo’lgan tozalangan sutdan bo’tqa tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Sutning qaynab tamom bo’lishi va kerakli natijaga ega bo’lish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
• barcha butun donli yormalarni (guruch, grechixa, bug’doy kabilar) suv toza bo’lmagunicha
yaxshilab yuving;
• multipishirgich jomini tayyorlashdan oldin sariyog’ bilan yog’lang;
• masalliqlarni reseptlar kitobi bo’yicha o’lchagan holda nisbatlarga qat’iy amal qiling,
masalliqlar miqdorini faqat teng nisbatlarda kamaytiring yoki orttiring;
• toza sutdan foydalanganda uni suv bilan 1:1 nisbatda arlashtiring.
Agar «МОЛОЧНАЯ КАША» dasturida istalgan natijaga erishilmagan bo’lsa, «МУЛЬТИПОВАР» universal
dasturidan foydalaning. Sutli bo’tqani tayyorlashning optimal harorati 95°С ni tashkil qiladi.
«ЙОГУРТ» dasturi
«ЙОГУРТ» dasturi yordamida o’z uyingizda mazali va foydali yogurtlarni tayyorlashingiz mumkin.
Standart holatda «ЙОГУРТ» dasturida tayyorlash vaqti 8 soatni tashkil qiladi. Tayyorlash vaqtini
5 daqiqaga teng qadam bilan 10 daqiqadan 12 soatgacha bo’lgan diapazonda o’rnatish mumkin.
«ЙОГУРТ» dasturida «Avtomatik isitish» funksiyasidan foydalanib bo’lmaydi.
Resept bo’yicha masalliqlarni o’lchang, jomga soling. Barcha masalliqlarning jom ichki
yuzasidagi 1/2 belgisidan oshib ketmasligini kuzatib boring. Keyin «Avtomatik dasturlardan
foydalanishdagi harakatlarning umumiy tartibi» bo’limi 2-9-bandlariga amal qiling.
Содержание RMC-M150
Страница 1: ...Мультиварка RMC M150 Руководство по эксплуатации ...
Страница 2: ......
Страница 3: ... 8 30 37 45 53 61 69 76 83 RUS GBR UKR KAZ UZB ROU LTU LVA EST ...
Страница 5: ...3 4 5 1 2 15 14 12 10 9 160 120 11 13 A1 6 8 7 16 ...
Страница 6: ...ОТЛОЖЕННЫЙ СТАРТ МАСТЕРШЕФ МАСТЕРШЕФ ЗАПИСЬ МАСТЕРШЕФ СБРОС 1 8 9 2 7 3 6 4 5 A2 ...
Страница 7: ...4 3 3 2 9 8 1 6 5 7 A3 ...
Страница 90: ......