53
RMC-M150
UZB
Ushbu mahsulotdan foydalanishni boshlashdan avval undan foydalanish bo'yicha qo'llanmani
diqqat bilan o'qib chiqing va uni kelajakda foydalanish uchun saqlang. Jihozdan to'g'ri
foydalanish uning xizmat ko'rsatish muddatini anchagina uzaytiradi.
XAVFSIZLIK CHORALARI
•
Texnika xavfsizligi talablariga va mahsulotdan foydalanish qoidalariga
amal qilmaslik natijasida yetkazilgan shikastlanishlar uchun ishlab
chiqaruvchi javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
•
Ushbu elektr jihozi maishiy sharoitlarda taom tayyorlash uchun
mo'ljallangan ko'p funksiyali qurilma hisoblanadi va u kvartirada, shahardan
tashqaridagi uylarda, mehmonxonalarda, do'konlarning maishiy xonalarida,
ofislarda yoki nosanoat maqsadlarida foydalanishning boshqa shunga
o'xshash sharoitlarida qo'llanilishi mumkin. Qurilmadan sanoat
maqsadlarida yoki qurilma mo'ljallanmagan boshqa istalgan maqsadlarda
foydalanish mahsulotdan tegishli tarzda foydalanish shartlarining buzilishi
hisoblanadi. Bunday hollarda ishlab chiqaruvchi bo'lishi mumkin bo'lgan
oqibatlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
•
Qurilmani elektr tarmog'iga ulashdan avval undagi kuchlanishning jihoz
ta'minoti nominal kuchlanishiga mos ekanligini tekshiring (mahsulot texnik
xususiyatlari yoki zavodda yopishtirilgan yorliqqa qarang).
•
Jihoz iste'mol qiladigan kuchlanishga mo'ljallangan uzaytirgichdan
foydalaning. Ushbu talabga amal qilmaslik qisqa tutashuv yoki kabelning
kuyishiga olib kelishi mumkin.
•
Jihozni faqat yerga ulangan rozetkaga ulang — bu elektr toki urishidan himoya
qilishning amal qilinishi shart bo'lgan talabidir. Uzaytirgichdan foydalanganda
uning ham yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
DIQQAT! Jihoz ishlagan vaqtda uning korpusi, jom va metall detallari
qiziydi! Ehtiyot bo'ling! Oshxona qo'lqoplaridan foydalaning. Qaynoq
bug'dan kuyishni oldini olish uchun qopqoqni ochgan vaqtda jihoz
ustiga engashmang.
•
Foydalanib bo'lgandan so'ng hamda uni tozalash yoki ko'chirish vaqtida jihozni
rozetkadan uzib qo'ying. Elektr tarmog'iga ulash shnurini quruq qo'l yordamida
o'tkazgichdan emas, balki vilkadan ushlagan holda sug'uring.
•
Elektr ta'minot shnurini eshik tirqishlaridan yoki issiqlik manbalari
yaqinidan o'tkazmang. Elektr ta'minot shnurining buralib qolmasligi va
bukilmasligi, o'tkir buyumlarga, mebellarning burchaklari va qirralariga
tegib turmasligini kuzatib boring.
Yodda tuting: elektr ta'minot kabelining tasodifan shikastlanishi
kafolat shartlariga to'g'ri kelmaydigan shikastlanishlarga hamda
elektr tokining urishiga olib kelishi mumkin. Shikastlangan elektr
ta'minot kabelini xizmat ko'rsatish markazida darhol almashtirish
talab qilinadi.
•
Jihozni yumshoq yuza ustiga o'rnatmang, uni ishlash vaqtida yopib qo'ymang
— bu qurilmaning qizib ketishi va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
•
Jihozdan ochiq havoda foydalanish ta'qiqlanadi — qurilma korpusi ichiga
namlik yoki begona buyumlarning kirishi uning jiddiy shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
•
Jihozni tozalashdan avval uning elektr tarmog'idan uzilganligi va to'liq
sovuganligiga ishonch hosil qiling. Jihozni tozalash bo'yicha ko'rsatmalarga
qat'iy amal qiling.
Jihoz korpusini suvga botirish yoki uni suv oqimi ostiga joylashtirish
TA'QIQLANADI!
•
Ushbu jihoz jismoniy, asab yoki ruhiy jihatdan chetlanishlarga ega
bo'lgan yoki tajribasi va bilimi yetarli bo'lmagan kishilar (jumladan
bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan, bunday shaxslar
ustidan nazorat olib borilayotgan yoki ularning xavfsizligi uchun
javobgar shaxs tomonidan ularga ushbu jihozdan foydalanish bo'yicha
ko'rsatmalar berish o'tkazilayotgan hollar bundan mustasno. Ularning
jihoz, uning ehtiyot qismlari hamda uning qadog'i bilan o'ynashlariga
Содержание RMC-M150
Страница 1: ...Мультиварка RMC M150 Руководство по эксплуатации ...
Страница 2: ......
Страница 3: ... 8 30 37 45 53 61 69 76 83 RUS GBR UKR KAZ UZB ROU LTU LVA EST ...
Страница 5: ...3 4 5 1 2 15 14 12 10 9 160 120 11 13 A1 6 8 7 16 ...
Страница 6: ...ОТЛОЖЕННЫЙ СТАРТ МАСТЕРШЕФ МАСТЕРШЕФ ЗАПИСЬ МАСТЕРШЕФ СБРОС 1 8 9 2 7 3 6 4 5 A2 ...
Страница 7: ...4 3 3 2 9 8 1 6 5 7 A3 ...
Страница 90: ......