4
XAVFSIZLIK BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR
• Old panel, korpus, tepa qopqoq devor, boshqaruv qutisi qopqog’i yechilgan yoki ochilgan bo'lsa, elektr zanjirini
uzgichni yoki elektr quvvatni yoqmang. Aks holda bu yong‘in chiqishi, tok urishi, portlash yoki o‘limga olib kelishi
mumkin.
Ishlatish
• Rozetkani boshqa jihozlar bilan birga ishlatmang. Issiqlik chiqishi sababli elektr toki urishi yoki yong‘in
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Shikastlangan kuchli tok kabelidan foydalanmang. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
• Kuchli tok kabelini tushunmagan holda o‘zgartirmang yoki uzaytirmang. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki elektr
toki urishiga olib kelishi mumkin.
• Quvvat simlariga tegib ketmaslikka e’tibor qarating. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
• Agar shubhali ovoz, hid yoki tutun chiqsa uskunani o‘chiring. Aks holda bu elektr toki urishi yoki yong‘in
chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Olov manbalarini jihoz yaqiniga yo‘latmang. Aks holda, u yong‘in chiqishiga olib kelishi mumkin.
• Issituvchi asboblar yonida quvvat simlaridan foydalanmang. Aks holda bu yong‘in chiqishi va elektr toki urishiga
olib kelishi mumkin.
• Ichki/tashqi blok ishlab turganda uning havo tortish qismini ochmang. Aks holda bu elektr tok urishi va
qurilmaning nosoz holatga kelishiga olib kelishi mumkin.
• Elektr qismlariga suv kirishiga yo‘l qo‘ymang. Aks holda bu qurilmaning nosozligi yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
• Nam qo‘llaringiz bilan quvvat simlarini ushlamang. Bu elektr toki urishi va shikastlanishga sabab bo‘lishi
mumkin.
• Qurilma filtrini chiqarib olayotganda, hech qachon metal qismlarga tegmang. Ular o‘tkir bo‘lib, jarohatlashi
mumkin.
• Ichki/tashqi blokning ustiga chiqmang va ustiga hech narsa qo‘ymang. Bu qurilmaning tushib ketishi yoki uning
ustidan tushib ketishi natijasida tan jarohat yetishiga olib kelishi mumkin.
• Elektr quvvati kabeli ustiga og‘ir narsalarni qo‘ymang. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
• Qurilmani suv bosgan taqdirda, har doim xizmat markaziga murojaat qiling. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
• Bolalarning tashqi blok ustiga chiqishini oldini oling. Aks holda, bolalar yiqilib tushib, jiddiy tan jarohati olishi
mumkin.
OʻZBEK TILI
Содержание UU49WC1
Страница 133: ......