
GERMETIKLIKNI TEKSHIRISH VA BO’SHATISH
17
OʻZBEK TILI
Tayyorgarlik
Ichki va tashqi bloklar o‘rtasidagi har bir quvurcha
(ham suyuqlik, ham gaz quvurchalari) to‘g‘ri ulangani
va sinov tekshiruvi uchun simlarni ulash tizimi bekamu
ko‘st bajarilganiga ishonch hosil qiling. Tashqi blokdagi
gaz va suyuqlik quvurchalaridan xizmat ko‘rsatish
klapan qalpoqchalarini yechib oling. Ushbu bosqichda
tashqi blokdagi gaz va suyuqlik quvurchalarining ishchi
klapan qalpoqchalari bekitilgan holda turganini
tekshiring.
Sizib chiqish joylarini tekshirish
Taqsimlovchi klapan (bosim o‘lchagichli) va quruq azot
gazi silindrini to‘ldirish shlanglari yordamida ushbu
texnik xizmat ko‘rsatish portiga ulang.
DIQQAT
Sizib chiqish joylarini aniqlash tekshiruvida
taqsimlovchi klapandan foydalaning. Agar
undan foydalanish imkoniyatingiz bo‘lmasa,
o‘rniga to‘xtatuvchi klapandan foydalaning.
Taqsimlovchi klapanning "Yuqori" kallagi doim
yopilgan holda bo‘lishi shart.
- Tizim bosimini gazsimon azot yordamida 3,8 Mpa
dan baland bo‘lmagan darajaga yetkazing va
o’lchash asbobining bosimi 3,8 Mpa ga yetganida
ballon klapanini yoping, so‘ngra suyuq sovun
ko‘pigi bilan teshiklar yo‘qligini tekshiring.
!
DIQQAT
Azotning sovitish agenti aylanadigan tizimga
suyuq holatda kirishini oldini olish uchun tizimga
bosim haydalayotgan vaqtda ballonning tepa
qismi uning pastki qismidan yuqorida bo‘lishi
shart. Odatda ballondan vertikal holatda
foydalaniladi.
!
- Sizib chiqish joylarini aniqlash sinov tekshiruvini
quvurchalar ulanish nuqtalarida (ham ichkari va ham
tashqari blokning) va gaz hamda suyuqlik quvurchalari
texnik xizmat ko’rsatish klapanlarida amalga oshiring.
Pufaklar paydo bo‘lsa, sizib chiqish mavjud ekanini
ko‘rsatadi. Sovun ko‘pigini toza latta bilan artib tashlang.
- Tizimda sizib chiqish nuqtalari yo’q ekanligi
aniqlangach, azot solingan silindridan bosim haydash
shlangi konnektorini bo’shatgan holda azot bosimini
bo’shating. Tizimdagi bosim normal holatga qaytgach,
shlangni ballondan uzing.
Sovitish moddasi tizimida qolgan havo bilan namlik
quyida ko‘rsatilgan nomaqbul ta’sirlarga olib keladi.
- Tizimdagi bosim oshadi.
- Ishshi tok kuchi ko’tariladi.
- Sovutish (yoki isitish) samaradorligi pasayadi.
- Sovutish moddasi sirkulaytsiyasi sxemasidagi namlik
muzlashi va kapillyar quvurchalarni to’sib qo’yishi
mumkin.
- Suv sovutish tizimida qismlarning zangga olib kelishi
mumkin.
Shuning uchun ichki/tashqi blok va ulash quvurchasi
germetiklanganini tekshirish va tizimdagi
kondensatsiyalanmaydigan gaz va namlikni bartaraf
etish uchun vakuumlanishi lozim.
To‘ldirish shlangi
Ichki blok
Tashqi blok
Taqsimlovchi klapan
Bosim
o’lchagich
Azotli ballon
(vertical holatda)
GERMETIKLIKNI TEKSHIRISH VA BO’SHATISH
Содержание UU49WC1
Страница 133: ......