XAVFSIZLIK BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR
3
OʻZBEK TILI
XAVFSIZLIK BO’YICHA MUHIM KO’RSATMALAR
JIHOZDAN FOYDALANISHDAN OLDIN BARCHA YO‘RIQLARNI O’QIB CHIQING.
Jihozning yaxshi ishlashini ta’minlash hamda xavfli vaziyatlarni oldini olish uchun doimo quyidagi ehtiyot
choralariga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Ko’rsatmalarga amal qilinmasa, bu jiddiy jarohat yoki o’limga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Ko’rsatmalarga amal qilinmasa, bu kichik jarohat yoki mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi mumkin
OGOHLANTIRISH
• Mutaxassis bo’lmagan shaxslar tomonidan bajarilgan o’rnatish yoki ta’mirlash ishlari sizga va boshqalarga zarar
yetkazishi mumkin.
• Jihozni o’rnatish Milliy elektr tarmoqlari kodeksiga muvofiq malakali va vakolatli mutaxassis tomonidan amalga
oshirilishi kerak.
• Qo’llanmadagi ma’lumotlar xavfsizlik qoidalari bilan tanish va tegishli asboblariga va tekshirish moslamalariga
ega malakali xizmat ko’rsatish ustasi tomonidan foydalanishi uchun mo’ljallangan.
• Ushbu qo’llanmadagi ko’rsatmalarni diqqat bilan o’qib chiqmaslik va ularga amal qilmaslik qurilmaning noto’g’ri
ishlashi, moddiy zarar, tan jarohati va/yoki o’limga olib kelishi mumkin.
O’rnatish
• Doimo zaminlash ishini bajaring. Aks holda elektr toki urishi mumkin.
• Shikastlangan quvvat simlaridan foydalanmang. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
• Qurilmani o‘rnatish uchun doimo xizmat ko‘rsatish markazi yoki professional o‘rnatuvchi tashkilotga murojaat
qiling. Aks holda, bu yong'in, elektr toki urishi, portlash yoki jarohat yetishiga olib kelishi mumkin.
• Elektr qismlari qopqog‘ini ichki blokka va xizmat ko‘rsatish panelini tashqi blokka mahkam biriktiring. Agar elektr
qismi qopqog‘ini ichki blokka va xizmat ko‘rsatish paneli tashqi blokka mahkam biriktirilmagan bo‘lsa, bu chang,
suv kirishi va boshqa shu kabilar sababli yong‘in chiqishi yoki elektr tok urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Har doim suyuklik to’kilishni sezuvchi tok o’chirgichni va tegishli o’chirgich panelni o‘rnating. Uni
o‘rnatmasangiz, yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishi mumkin.
• Konditsioner yaqinida tezda alanga oluvchi gazlar yoki yonuvchan moddalarni saqlamang yoki ulardan
foydalanmang. Aks holda bu yong‘in chiqishi yoki qurilma nosoz holatga kelishiga olib kelishi mumkin.
• Tashqi blok uzoq muddat ishlatilgani sababli tashqi blok montaj ramasi yaroqsiz holga kelmaganini tekshiring.
Bu tan jarohat yetishiga yoki baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin.
• Qurilmani tushunmagan holda qismlarga ajratmang yoki ta’mirlamang. Bu yong‘in chiqishi yoki elektr toki
urishiga olib kelishi mumkin.
• Sizib chiqishni tekshirish yoki havo purkab tozalashni amalga oshirayotganda, vakuum nasos yoki iner gaz
(azot) dan foydalaning. Havo yoki kislorodni siqmang va yonuvchan gazlardan foydalanmang. Aks holda,
yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin.
• O’lim, shikast, yong’in yoki portlash xavfi mavjud. Qurilmani tushib ketish xavfi bo‘lgan joyga o‘rnatmang. Aks
holda bu tan jarohati yetishiga olib kelishi mumkin.
• O‘ramdan olayotganda va o‘rnatayotganda ehtiyot bo‘ling. O‘tkir qirralar jarohat yetkazishi mumkin.
!
!
!
Содержание UU49WC1
Страница 133: ......