![LG GCB247SEDC Owner'S Manual Download Page 91](http://html.mh-extra.com/html/lg/gcb247sedc/gcb247sedc_owners-manual_212493091.webp)
7
UZ
•
Jihozning ichki tomonini quritish uchun soch qurituvchi uskunadan
foydalanmang va badbo‘y islarni ketkazish uchun jihoz ichiga sham
tiqmang.
•
Muzdan tushish jarayonini tezlatish uchun mexanik qurilma yoki
boshqa vositalardan foydalanmang.
•
Faqat ichimlik suvi manbasini suv tarmog‘iga ulang (faqat tik
joylashuvchi modellar uchun). Aks holda suvdagi aralashmalar
kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
Chiqitga chiqarish
•
Jihozni tashlab yuborayotganda uning tokchalarini va savatchalarini
joyida qoldirgan holda, eshik qistirmasini olib tashlang va bolalarni
jihozdan uzoq tuting.
•
Qadoq materiallari (plastik paketlar va penoplast)ni bolalardan
uzoqroqda chiqitga chiqaring. Qadoq materiallari bo‘g‘ilib qolishga
sabab bo‘lishi mumkin.
Tеxnik xavfsizlik
•
Jihozning korpusida yoki ichki tuzilmasida o‘rnatilgan shamollatish
teshiklarining tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymang.
•
Elektr jihozlaridan muzlatgichning ichida foydalanmang.
•
Jihozda qo‘llanilgan sovituvchi modda yoki izolyatsion gazni chiqitga
chiqarishda maxsus tartib amal qiladi. Ularni chiqitga chiqarishdan
avval servis markazi agenti yoki sohaning malakali ustasi bilan
maslahatlashing.
•
Jihoz naychalaridan sovituvchi moddaning oqishi yong‘in yoki
portlashni keltirib chiqarishi mumkin.
•
Aynan sizning jihozingizdagi sovituvchi modda miqdori jihoz ichidagi
identifikatsiya yorlig‘ida ko‘rsatilgan.
•
Biror shikastlanish belgisi bo‘lgan jihozni ishga tushirmang. Agar
bunga shubha qilsangiz, dileringizga murojaat qiling.
•
Ushbu jihoz faqat uy sharoitida qo‘llash va shunday maqsadlarda
foydalanish uchun mo‘ljallangan. Undan tijorat maqsadida yoki
umumiy ovqatlanish joylarida, g‘ildirakli uy yoxud kema kabi
harakatlanuvchi transport vositalarida foydalanmaslik zarur.
•
Jihoz ichida yonuvchan suyuqlikli aerozol idishlari kabi portlovchi
moddalarni saqlamang.
Summary of Contents for GCB247SEDC
Page 16: ...16 EN Interior 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 40: ...Memo ...
Page 83: ...Для заметок ...
Page 84: ...Для заметок ...
Page 100: ...16 UZ Ichki qism 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 124: ......