![LG GCB247SEDC Owner'S Manual Download Page 104](http://html.mh-extra.com/html/lg/gcb247sedc/gcb247sedc_owners-manual_212493104.webp)
20
UZ
Mahsulotlarni yaxshi saqlash
•
Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda
saqlang.
•
Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval
uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan mudati
va yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar)
tekshiring.
•
Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq
muddat saqlamang (to‘rt haftadan ortiq).
•
Sovitilgan yoki muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotini darhol mos ravishda sovutkich yoki
muzlatkich bo‘lmasiga qo‘ying.
•
To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan
oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning
mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi.
•
Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o‘rab
saqlamang. Gazetaning bo‘yog‘i yoki boshqa
yot moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo‘yalib
ketishi va ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Jihozni xaddan tashqari ortiqcha to‘ldirib
yubormang. Agar jihoz ortiqcha to‘ldirib
yuborilsa, sovuq havo mos darajada
aylanmasligi mumkin.
•
Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi
mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri
saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past
haroratni o‘rnatmang.
•
Agar jihozda salqinlatish bo‘lmasi mavjud
bo‘lsa, tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-
sabzavotlarni bunday bo‘lmalarda saqlamang,
chunki past harorat tufayli ular muzlashi
mumkin.
Max Freezing Capacity (eng
yuqori muzlatish quvvati)
•
Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatkichning eng
yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi.
•
Bunga odatda 24 soatgacha ketadi, keyin
avtomatik ravishda o‘chadi.
•
Agar maksimal muzlatish quvvati ishlatiladigan
bo‘lsa, muzxonaga yangi mahsulotlar
qo‘yilishidan yetti soat oldin Tezkor muzlatish
yoqib qo‘yilishi lozim.
eng ko‘p mahsulot saqlash
•
Havo aylanishi yaxshiroq bo‘lishi uchun barcha
tortmalarni joyiga qo‘ying.
•
Agar katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari
saqlanishi zarurati tug‘ilsa, jihozning eng
pastki tortmasidan tashqari barcha tortmalari
muzlatkichdan olib tashlanishi va u mahsulotlar
bevosita muzlatkichning tokchalariga va
muzlatkich bo‘lmasiga solinishi zarur.
Izoh
•
Tortmalarni olib tashlashdan avval ularning
ichidagi oziq-ovqat mahsulotini oling. So‘ngra,
tortmalar dastasidan foydalangan holda
tortmalarni ehtiyotkorlik bilan torting. Bu tan
jarohatiga sabab bo‘lishi mumkin.
•
Har bir tortma shakli turlicha bo‘lishi mumkin, uni
joyiga to‘g‘ri holatda qo‘ying.
Summary of Contents for GCB247SEDC
Page 16: ...16 EN Interior 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 40: ...Memo ...
Page 83: ...Для заметок ...
Page 84: ...Для заметок ...
Page 100: ...16 UZ Ichki qism 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 124: ......