![LG GCB247SEDC Owner'S Manual Download Page 103](http://html.mh-extra.com/html/lg/gcb247sedc/gcb247sedc_owners-manual_212493103.webp)
19
UZ
Ishlatish bo‘yicha izohlar
•
Agar eshiklari yaxshi yopilmagan bo‘lsa,
yoz paytida namlik yuqori bo‘lsa yoki
muzlatkich eshigi tez-tez ochiladigan bo‘lsa,
jihoz eshiklarida muz hosil bo‘lib qolishini
foydalanuvchilar yodda tutishlari zarur.
•
Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik
orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy
bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
•
Jihoz eshigi ochilishi bilan uning ichiga issiq
havo kirishi va bu uning ichki harorati oshib
ketishiga olib kelishi mumkin.
•
Agar jihozni uzoq vaqt o‘chirilgan holda
qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ichidan oziq-ovqat
mahsulotlarini chiqarib tashlang va elektr
manbaidan uzing. Ichini tozalab, eshigini qiya
ochiq qoldiring, shunda jihoz ichini mog‘or
bosmaydi.
Enеrgiyani tеjash bo'yicha
maslahatlar
•
Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
yetarli bo‘sh joy bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
Bu sovuq havoning barobar taqsimlanishi va
elektr toki uchun xarajatlarning kamroq bo‘lishini
ta’minlaydi.
•
Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida
issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin
qo‘ying.
•
Oziq-ovqat mahsulotini muzlatkich bo‘lmasida
saqlaganda haroratni oziq-ovqat mahsulotida
ko‘rsatilgandan ko‘ra pastroq qilib o‘rnating.
•
Sovutkich bo‘lmasidagi harorat o‘lchagich
yaqiniga oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘ymang.
O‘lchagichdan kamida 3 sm masofa saqlang.
•
Muzdan tushirishdan so‘ng harorat ko‘tarilishi
borasida jihozning texnik tavsiflarida ma’lum
chegaralar belgilanganiga e’tibor qarating.
Harorat ko‘tarilishi tufayli oziq-ovqat mahsulotini
saqlashga bo‘ladigan ta’sirni kamaytirmoqchi
bo‘lsangiz, saqlanayotgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zichlab yoping yoki bir necha
qavat qilib o‘rab qo‘ying.
•
Jihozdagi avtomatik muzdan tushirish tizimi
tufayli normal ishlash sharoitida bo‘lma ichida
muz hosil bo‘lmaydi.
Summary of Contents for GCB247SEDC
Page 16: ...16 EN Interior 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 40: ...Memo ...
Page 83: ...Для заметок ...
Page 84: ...Для заметок ...
Page 100: ...16 UZ Ichki qism 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 124: ......