![LG GCB247SEDC Owner'S Manual Download Page 110](http://html.mh-extra.com/html/lg/gcb247sedc/gcb247sedc_owners-manual_212493110.webp)
26
UZ
Yangi sabzavotlar tortma
qutisi ( * )
Dastakni har ikkala yo‘nalishda surish orqali
sabzavotlarni yangi saqlash tortma qutisidagi
namlikni boshqarish mumkin.
Agar chap tomonga surilsa, namlikni kamaytirish
uchun havo yo‘lagi ochiladi va tortma qutida havo
aylanishiga imkon beriladi. Va agar o‘ng tomonga
surilsa, havo yo‘lagi yopiladi va toza saqlash
tortma qutisidagi namlik darajasi ushlab turiladi.
Sabzavotlarni saqlash uchun yopiq holat va
mevalarni saqlash uchun ochiq holat tavsiya
qilinadi.
Izoh
•
(*) Xarid qilingan modelga bog‘liq ravishda bu
funksiya farq qiladi.
InstaView funksiyasi ( * )
Door in Door (eshikdagi eshik) dagi InstaView
funksiyasi sovutkich eshigini ochmasdan
chanqovbosti ichimliklar va gazaklar kabi tez-tez
olinadigan mahsulotlar kamayib qolganini ko‘rish
imkonini beradi.
1
Door in Door (eshik ichidagi eshik) ichidagi
LED-chiroqni yoqish yoki o‘chirish uchun
oynani ikka marta taqillating.
2
LED-chiroq o‘n soniyadan so‘ng avtomatik
tarzda o‘chadi.
•
Sovutkichning o‘ng eshigi va muzlatkichning
chap eshigi ochiq bo‘lganda, eshik yopilishi bilan
2 soniya davomida va muz aralashtirgichdan
foydalanilayotgan paytda InstaView Door-in-
Door funksiyasi o‘chiq bo‘ladi.
•
Oynaing markaziga yaqinroq joyini taqillating.
Oynaning chetroq qismini taqillatganda
InstaView Door-in-Door funksiyasi yaxshi
ishlamasligi mumkin.
•
Taqillatish ovozi eshitilgudek qilib taqillating.
•
Sovutkich yaqinida qattiq ovoz chiqqudek bo‘lsa
ham InstaView Door-in-Door funksiyasi ishga
tushib ketishi mumkin.
Izoh
•
(*) Xarid qilingan modelga bog‘liq ravishda bu
funksiya farq qiladi.
Boshqa funksiyalari
Door Open Alarm (eshik
ochishdagi ogohlantirish signali)
Agar jihoz (sovutkich bo‘lmasi, muzlatkich
bo‘lmasi, eshikdagi eshik) eshigi ochiq qolgan
bo‘lsa yoki bir daqiqa ichida yaxshi yopilmagan
bo‘lsa, 30 soniya tanaffus bilan 3 marta
ogohlantirish signali chalinadi.
•
Eshikni yopgandan keyin ham ogohlantirish
signali chalinishda davom etsa, LG Electronics
mijozlar uchun axborot markaziga murojaat
qiling
Failure Detection (nosozlikni
aniqlash)
Jihoz ishlashi davomida muammolarni avtomatik
tarzda aniqlashi mumkin.
•
Agar biror muammo aniqlanadigan bo‘lsa,
jihoz ishlashdan to‘xtaydi va har qanday tugma
bosilishidan qat’i nazar, xatolik kodi displeyda
ko‘rinib turaveradi.
•
Agar bunday holat ro‘y bersa, jihozni elektr
tarmog‘idan uzmang va darhol LG Electronics
mijozlar uchun axborot markaziga murojaat
qiling. Agar siz jihozni elektr tarmog‘idan uzgan
bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlar uchun
axborot markazidan usta chaqirish zarur bo‘ladi.
Bu muammoni topishda qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin.
Summary of Contents for GCB247SEDC
Page 16: ...16 EN Interior 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 40: ...Memo ...
Page 83: ...Для заметок ...
Page 84: ...Для заметок ...
Page 100: ...16 UZ Ichki qism 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 2 4 6 1 1 3 5 9 8 10 11 12 13 15 14 7 ...
Page 124: ......