O'zbek
652
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga
halaqit bermang
Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun
ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish
qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi
tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
Kabellarni ehtiyotkorlik bilan ushlang
•
Qurilmangizga kabel ulanayotganda, kabel to‘g‘ri tomonga
ulanganligiga ishonch hosil qiling.
•
Kabelni majburlab yoki noto‘g‘ri kiritish yoki ulash ko‘p funksiyali
uyaga yoki qurilmaning boshqa qismlarini zararlashi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalang va maxfiy ma’lumotlarning
e’lon qilinishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishini oldini oling
•
Qurilmangizdan foydalanayotgan vaqtda, muhim fayllarni arxivlashni
esdan chiqarmang. Samsung ma’lumot yo‘qolishi uchun javobgar
emas.
•
Qurilmangizni tashlayotgan vaqtda, barcha ma’lumotlarni zaxiralang
va undan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz nomaqbul maqsadlarda
ishlatilmasligi uchun qurilmangizni ishlab chiqaruvchi parametrlariga
qaytaring.
•
Ilovalarni yuklab olayotganda, ruxsatnomalar oynasini diqqat bilan
o‘qing. Ko‘pgina funksiyalarga kirish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizning
ko‘p qismidan foydalanish imkoniga ega ilovalar bilan ishlayotganda
juda ehtiyot bo‘ling.
•
Hisob qaydnomangizni tasdiqlanmagan yoki shubhali
foydalanishlardan himoyalash uchun tez-tez tekshirib turing. Agar
shaxsiy ma’lumotlaringizdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish
belgilarini aniqlasangiz, hisob qaydnomadagi ma’lumotlaringizni
o‘zgartirish yoki o‘chirish uchun xizmat ta’minotchingizga murojaat
qiling.