O'zbek
651
•
Batareyalarni uzoq muddat mobaynida ishlatmaslik uning xizmat
qilish vaqtiga va samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Shuningdek, bu batareyaning portlashiga yoki yong‘in kelib chiqishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
•
Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun
ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada
berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida
kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi
kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.
•
Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt
oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi,
lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga
kelgan zararlar qoplanmaydi.
Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting
•
Qo‘ng‘iroq mobaynida dinamikdan foydalanayotgan vaqtda qurilmani
quloqlaringizdan uzoqroq ushlang.
•
Bevosita mikrofonga gapiring.
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki
o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
•
Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar
ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni
ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.
•
Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash
yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.
•
Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan
holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar
yetkazishi mumkin.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
•
Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan
arting.
•
Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
•
Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish
qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr toki
urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.