O'zbekcha - 14
Televizorni Samsung Smart masofadan boshqarish pulti bilan bog‘lash
Televizorni birinchi marta yoqqaningizda Samsung Smart masofadan boshqarish
pulti avtomatik ravishda televizor bilan bog‘lanadi. Agar Samsung Smart
masofadan boshqarish pulti avtomatik ravishda televizorga bog‘lanmasa, uni
televizordagi pult datchigiga qaratib, chapdagi rasmda ko‘rsatilgan
va
belgili tugmalarni birga 3 soniyadan ortiq bosib turing.
Samsung Smart masofadan boshqarish pulti ichiga batareya solish
1
1
2
2
1.
Samsung Smart masofadan boshqarish pulti orqasida tepadagi tugmasini bosing. Korpusi qoplamadan
ozgina surilib chiqadi.
2.
Pultni ag‘daring, keyin korpusini tepaga siljitib, batareya bo‘linmasini oching.
3.
Pultda batareya bor bo‘lsa, batareya bo‘linmasining ikkala tomonidagi
r
va
l
tugmalarini bosib, mavjud
batareyalarni olib tashlang.
4.
Batareya bo‘linmasiga ikkita yangi batareya (1,5V AAA turidagi) soling, ularning qutblari (+, -) to‘g‘ri
joylashsin. Tugatgach, pult korpusini deyarli avvalgi holatiga qaytgunicha siljiting.
5.
Pultni ag‘daring va orqasida tepadagi tugmasini bosib turib, korpusini joyiga siljitib tushiring.
• Uzoq vaqtga yetishi uchun ishqorli batareyalarni ishlatish tavsiya etiladi.