O'zbekcha - 12
Televizorning tushib ketishi oldini olish
1.
Mos keladigan vintlar yordamida skobkalar to‘plamini devorga
mahkamlang. Vintlar devorga mahkam qotganiga amin bo‘ling.
–
Devorning turiga qarab, anker singari qo‘shimcha materiallar
kerak bo‘lishi mumkin.
2.
Mos o‘lchamli vintlar yordamida skobkalar to‘plamini televizorga
mahkamlang.
–
Vint xarakteristikalarini “Televizorni devorga o‘rnatish” tagidagi
jadvalning standart vintlar qismidan oling.
3.
Televizorga qotirilgan skobkalar bilan devorga qotirilgan skobkalarni
mustahkam, kuchli sim bilan bog‘lang va simni mahkam qotiring.
–
Televizorni orqaga tushib ketmaydigan qilib, devorga yaqin
o‘rnating.
–
Simni ulaganda devorga qotirilgan skobkalar televizorga
qotirilgan skobkalar bilan bir xil balandlikda yoki pastroqda
bo‘lsin.
• Modeliga qarab, jihozning rangi
va shakli farqlanishi mumkin.