29
UZ
•
Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz
tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana
urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.
•
Agar simsiz routeringizda himoya devori yoniq
bo‘lsa, himoya devorini o‘chiring yoki uni istisnolar
ro‘yxatiga kiriting.
•
Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va
raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim.
(Maxsus belgilarni ishlatmang)
•
Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil
operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga
qarab farq qilishi mumkin.
•
Agar routerning xavfsizlik protokoli
WEP
qilib
belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz
mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga
o‘zgartiring (
WPA2
tavsiya etiladi) va jihozni
qaytadan ro’yxatdan o’tkazing.
LG ThinQ ilovasini o‘rnatish
Smartfonda Google Play Store yoki Apple App
Store do‘konlaridan
LG ThinQ
ilovasini qidiring.
Ilovani yuklab olish va o‘rnatish ko‘rsatmalariga
amal toping.
Simsiz LAN moduli xarakteristikasi
Rusum
LCW-003
Chastota ko‘lami
2412 - 2472 MGs
Chiqish quvvati
(maks)
IEEE 802.11b:18.37 dBm
IEEE 802.11g:17.67 dBm
IEEE 802.11n:17.67 dBm
Mikrodastur versiyasining simsiz funksiyasi: V 1,0
Ochiq manbali kodli dasturiy
ta’minot haqida bildirishnoma
GPL, LGPL, MPL va boshqa ochiq kod litsenziyalari
asosida ushbu mahsulot tarkibidagi manba kodini
olish uchun http://opensource.lge.com sahifasiga
tashrif buyuring.
Manba kodidan tashqari barcha tegishli litsenziya
shartlari, kafolatni rad etish bayonotlari va mualliflik
huquqiga oid bildirishnomalarni yuklab olish
mumkin.
LG Electronics [email protected] manziliga
so‘rov yuborilgan hollarda bunday yetkazib berish
xarajatlarini (jumladan, media, jo‘natish va qayta
ishlash xarajatlari) qoplovchi to‘lov evaziga
CD-ROM orqali ham ochiq turdagi kodni yetkazib
beradi. Bu taklif mahsulotni yetkazib berilgandan
so‘ng uch yil ichida amal qiladi. Bu taklif ushbu
ma’lumotni olgan har kim uchun amal qiladi.