YIG'ISH VA TAYYORLASH
14
ESP
O'ZBEKCHA
Televizorni devorga mahkamlash
(Ushbu xususiyat barcha rusumlarda ham mavjud
emas.)
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan
tayanch va boltlarni televizorning orqa paneliga
kiriting va ularni tortib mahkamlang.
- Agar teshikli boltlar o’rnatiladigan joylarda
boltlar bo'lsa, ularni olib tashlang.
2 Devorga mahkamlanadigan tayanchni boltlar
yordamida devorga o'rnating. Devorga
mahkamlanadigan tayanchni va televizorning orqa
panelidagi teshikli boltlarning joylashuv o'rinlarini
moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va devorga mahkamlanadigan
tayanchlarni mustahkam bog’lagich bilan ulang.
Bog’lagich tekis sirtda gorizontal holatda bo'lishiga
ishonch hosil qiling.
EHTIYOT BO'LING
y
Bolalarning televizor ustiga tirmashib
chiqmasliklari yoki osilmasliklariga ishonch
hosil qiling.
ESLATMA
y
Televizorni ishonchli tarzda ushlab turish uchun
yetarli darajada mustahkam va katta bo'lgan
platforma yoki shkafdan foydalaning.
y
Tayanch moslamalar, boltlar va bog’lagichlar
mahsulot bilan birga yetkazib berilmaydi.
Qo’shimcha qurilmalar uchun mahalliy
dileringizga murojaat qiling.
Stol ustiga o'rnatish
1
Televizorni ko'taring va stolning ustida uni vertikal
holatga keltiring.
- Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor
bilan televizor orasida (eng kamida) 10 sm
masofa qoldiring.
10 sm
10 sm
10 sm
10 sm
2 AC-DC Adapteri va quvvat manbaiga ulash shnurini
devordagi rozetkaga ulang.
EHTIYOT BO'LING
y
Televizorni issiqlik manbalari yaqini yoki ustiga
joylashtirmang, chunki bu yong'in yoki boshqa
ko’ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.