YIG'ISH VA TAYYORLASH
12
ESP
O'ZBEKCHA
Joystik tugmasidan foydalanish
Joystik tugmasini bosish yoki uni chapga, o'ngga, yuqoriga yoki pastga surish orqali televizoringizni oson boshqari-
shingiz mumkin.
Asosiy funksiyalar
Yoqish
Televizor o'chirilgan bo'lganda, barmog'ingizni joystik tugmasiga qo'ying
va uni bir marta bosing.
O'chirish
Televizor yoqilgan bo’lganda, barmog'ingizni joystik tugmasiga qo'ying
va uni bir marta bosing va bir necha soniya davomida qo’yib
yubormang.
(Biroq Menyu tugmasi ekranda bo'lsa, joystik tugmasini bosish va
ushlab turish Menyudan chiqishingizga imkon beradi.)
Ovozni sozlash
Barmog'ingizni joystik tugmasi ustiga qo'ygan holatda uni chapga yoki
o'ngga surish orqali istalgan ovoz balandligi darajasiga sozlashingiz
mumkin.
Kanallarni sozlash
Barmog'ingizni joystik tugmasi ustiga qo'ygan holatda uni yuqoriga yoki
pastga surish orqali istalgan saqlab olingan kanallar bo’ylab o'tishingiz
mumkin.
ESLATMA
y
Barmog'ingiz joystik tugmasi ustida bo'lganda va uni yuqoriga, pastga, chapga yoki o'ngga surganda, joystik
tugmasini bosib yubormang. Agar avval joystik tugmasini bossangiz, siz ovoz balandligi darajasini sozlay
ololmaysiz va saqlab olingan kanalga o’tolmaysiz.
Menyuni sozlash
Televizor yoqilgan holda joystik tugmasini bir marta bosing. Joystik tugmasini yuqoriga, pastga, chapga yoki o'ngga
surish orqali ( , , , ) menyu elementlarini sozlab olishingiz mumkin.
Televizorni o'chirish
Televizorni o’chiradi.
Sozlanmalar
Asosiy menyuga kiradi.
Yopish
Ekranni tasvirlardan tozalaydi va televizor ko’rish re-
jimiga qaytaradi.
Kirish signali ro'yxati
Kirish signali manbasi ro’yxatini o'zgartiradi.