XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
8
ESP
O'ZBEKCHA
y
Mahsulotni siljitishda avval uning o'chirilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin elektr
tarmog'iga ulash kabellari, antenna kabellari va barcha ulovchi kabellarni uzing. Aks
holda, televizor yoki quvvat manbaiga ulash shnuriga zarar yetishi, bu esa yong'in chiqishi
xavfini vujudga keltirishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
y
Mahsulotni siljitish yoki qadoq qutisidan bo'shatishda juft bo'lib ishlang, chunki mahsulot
og'ir. Aks holda, bu shikastlanishga olib kelishi mumkin.
y
Mahsulotning ichki qismlarini tozalash uchun yiliga bir marta xizmat ko'rsatish bo’limiga
murojaat qiling. Yig'ilgan chang mexanik nosozliklarga olib kelishi mumkin.
y
Barcha turdagi xizmat uchun malakali xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga murojaat qiling.
Jihoz biror tarzda nosoz holatga kelgan, masalan, elektr tarmog'iga ulash shnuri yoki
vilkasiga zarar yetgan, jihoz ustiga suyuqlik to'kilgan yoki buyumlar tushib ketgan, jihoz
yomg'ir yoki namlikda qolgan, yaxshi ishlamayotgan yoki tu-shirib yuborilgan hollarda
texnik xizmat ko'rsatish talab qilinadi.
y
Agar mahsulotga tegilganda sovuqdek tuyulsa, u yoqilganda ozgina miltillash bo'lishi
mumkin. Bu tabiiy holdir, mahsulotda hech qanday muammo mavjud emas.
y
Panel ikki milliondan olti milliongacha bo'lgan piksellardan iborat bo'lgan yuqori texnologi
-
yali mahsulotdir. Siz panelda o'lchami 1 ppm bo'lgan kichkina qora va/yoki ravshan
rangli (qizil, ko'k yoki yashil) nuqtalarni ko'rishingiz mumkin. Bu mahsulotning noto'g'ri
ishlayotganligini bildirmaydi va uning ishlash samaradorligiga va ishonchliligiga ta'sir
ko'rsatmaydi. Ushbu hodisa boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo'lishi mumkin va
buning uchun ular almashtirib yoki xarajatlar qoplab berilmaydi.
y
Ko’rish burchagiga (chap/o'ng/yuqori/quyi) bog'liq ravishda paneldagi ravshanlik va ran
-
glar farq qilishi mumkin. Bu hodisa panelning o'ziga xos xususiyatlari tufayli sodir bo'ladi.
Bu mahsulotning ishlash samaradorligi bilan bog'liq emas va uning noto'g'ri ishlayotgan
-
ligini anglatmaydi.
y
Muallaq tasvirlar (masalan, efirga uzatilayotgan kanal logotipi, ekran menyusi, video o'yinlardagi sahnalar)
ning uzoq vaqt namoyishi keyingi tasvir namoyishida oldingi tasvirning saqlanib qolishiga olib keluvchi
qoldiq tasvir sifatida mashhur bo'lgan ekran nosozligiga olib kelishi mumkin. Ushbu holat sodir bo’lganda,
xarajatlar kafolat orqali qoplab berilmaydi. Televizoringiz ekranida uzoq vaqt davomida (LCD uchun 2 soat-
dan ko'proq, Plazma uchun 1 soatdan ko'proq) harakatsiz tasvir-ning namoyish qilinishiga yo'l qo'ymang.
Yana 4:3 nisbatda uzoq vaqt davomida televizor ko'rilgan hollarda ham panel chetlarida qoldiq tasvirlar hosil
bo'lishi mumkin. Ushbu hodisa boshqalarning mahsulotlarida ham sodir bo'lishi mumkin va buning uchun
ular almashtirib yoki xarajatlar qoplab berilmaydi.
y
Hosil qilingan ovoz
"Qarsillovchi" shovqin: Televizor ko'rish yoki o'chirish vaqtida chiqadigan qarsillovchi shovqin harorat
va namlik tufayli plastik materiallarining qisqarishi orqali hosil qilinadi. Bu harorat natijasida deformatsi-
yalanish talab qilinadigan mahsulotlar uchun tabiiy hol hisoblanadi. Elektr zanjirining guvillashi/paneln
-
ing g'o'ng'illashi: Mahsulotni ishlatish uchun katta miqdordagi elektr toki bilan ta'minlovchi yuqori tezlikda
o'zgaruvchi zanjir tomonidan sezilarsiz shovqin hosil qilinadi. Shovqin darajasi mahsulot turiga bog'liq.
Ushbu hosil qilingan ovoz mahsulotning ishlash samaradorligi va uning ishonchliligiga ta'sir ko'rsatmaydi.