ЎЗБЕК
44
QULOQLIKLARNI ULASh
Maxsus uya (3,5mm) (3) qarshiligi 16-32 Om
bo’lgan quloqliklarni ulash uchun mo’ljallangan.
Ichki qurilgan dinamiklardan ovozning eshittirilishi
quloqliklar ulangan holda avtomatik ravishda
to’xtatiladi.
AUX IN uyasi
Tashqi moslamani ulash uchun AUX IN (2)
uyasidan foydalaning. Tashqi moslamalarni
3,5 mm Jack - 3,5 mm Jack audiokabelining
yordamida ulashingiz mumkin (etkazib berish
to’plamiga kirmaydi).
XIZMAT KO’RSATISh VA XAVFSIZLIK
QOIDALARI
Ehtiyot choralari va umumiy xizmat
ko’rsatilishi
- Buyumni tekis qattiq yuzaning ustiga, u yoniga
og’maydigan tarzda o’rnating.
- Buyumni, uning ta’minot elementlarini yoki
CD-disklarni namlik, yomg’ir, qum yoki
isitgichlarning ta’sirida o’ta yuqori harorat,
yoki to’g’ridan-to’g’ri quyosh yorug’ligi tushishi
ta’sirida qoldirmang.
- Magnitofon ishlayotgan paytida uning ustini
yopmang. Buyum o’ta qizib ketmasligi uchun
shamollatish tuynuklari va yonidagi yuzalar
orasida kamida 6 dyuym (15 sm) bo’sh masofa
qoldirilgan bo’lishi lozim.
- Buyumning mexanik qismlari tarkibida
avtomatik moylanadigan podshipniklar mavjud;
ularni moylash kerak emas.
- Buyumni tozalash uchun yumshoq quruq
matodan foydalaning. Tarkibida spirt, ammiak,
benzin yoki abraziv vositalar va zarralar
bo’lgan tozalash vositalaridan foydalanmang.
Chunki ular buyum korpusini shikastlashi
mumkin.
CD-proigrivatel va CD-disklarni saqlash
- CD-proigrivatelning linzasiga tegmang
- Atrofdagi havoning harorati keskin farqlangan
holda CD-proigrivatelning linzasi ustida
kondensat paydo bo’lishi mumkin. Bunda
diskni qayta tinglash mumkin bo’lmaydi.
Linzani tozalashga urinmang. Magnitofonni
iliq xonada, to ushbu namlik bug’lanib
ketmaguncha qoldiring.
- Disklar uchun bo’linmaning ichiga chang
kirmasligi uchun CD-disklar uchun bo’linma
doimo yopiq holda bo’lishi lozim. Disklar
bo’linmasini tozalash uchun, uni yumshoq
quruq mato bilan arting.
- CD-diskni toщalash uchun, uni markazidan
chetlariga qarab to’g’ri chiziq bo’ylab
yo’nalishda tuksiz yumshoq mato bilan arting.
Tozalash vositalaridan foydalanmang, chunki
ular ddiskni shikastlashi mumkin.
- Hech qachon CD-diskning ustida yozmang va
unga hech qanday yopishtiriladigan yorliqlarni
mustahkamlamang.
MAGNITOFON MEXANIZMINI TOZALASh
Kassetali magnitofonning magnitli kallaklari,
uning bosib turuvchi roliklari va ton-valning
o’qi vaqt*vaqti bilan tozalashni talab etadi. Bu
esa kassetali magnitofonning yuqorida tilga
olingan qismlarida yig’iladigan va tasmaning
eskirishiga olib keladigan metall oksidi zarralarini
ketkazish uchun kerak bo’ladi. Buyumni o’chiring.
Kassetalar bo’linmasini ochish uchun STOP/
EJECT tugmasini bosing, va PLAY tugmasini
bosing. Kassetali magnitofonning magnitli
kallaklarini, uning bosib turuvchi roliklarini va
ton-valning o’qini izopropil spirtida namlangan
yumshoq mato yoki paxta bo’lagi bilan tozalang
yoki magnit kallaklarini tozalash uchun maxsus
vositadan foydalaning.
ESLATMA:
hech qachon magnit kallaklarini
tozalash paytida metall buyumlardan
foydalanmang. Kassetalar bo’linmasining ichiga
tozalash vositalari tushib qolishiga yo’l qo’ymang.
BUYuMNI TOZALASh
• Buyumning yonib ketishini yoki elektr tokining
zarbasidan shikastlanishning oldini olish
uchun buyumni tozalashni boshlashdan avval
buyumni elektr tarmoqdan o’chiring.
• Buyumning yuzasini changni tozalash uchun
latta yordamida tozalash mumkin. Buyumning
plastik qismlarini artishda va tozalashda ehtiyot
bo’ling.
• Buyum kolonkalari ifloslanganda changni
tozalash uchun yumshoq quruq lattadan
foydalaning. Kolonkalarning korpuslarini
tozalash uchun mumdan yoki aerozoli polirol
vositalaridan foydalanmang.
• Buyumning oldingi paneli ifloslanganda kuchsiz
sovunli eritmada sal namlangan yumshoq
matodan foydalaning. Abraziv vositalardan
va polirol vositalardan zinhor foydalanmang,
chunki ular buyumning yuzasini zararlaydi.
3465IM.indd 44
3465IM.indd 44
17.09.2010 10:46:26
17.09.2010 10:46:26
Downloaded From Disc-Player.com Vitek Manuals