169
4
Qisqa signallarni eshitmaguningizcha, CALC–CLEAN tugmasini 2 soniya bosib turing (16-rasm).
Eslatma: Cho'kmadan tozalash konteyneri cho'kmadan tozalash jarayonida cho'kma zarralari va issiq
suvni to'plash uchun mo'ljallangan. Butun jarayon davomida dazmolni bu konternerga qo'yish mutlaqo
xavfsiz hisoblanadi.
5
Cho'kmadan tozalash jarayonida siz qisqa signallar va nasos ovozini eshitasiz (17-rasm).
6
Jihoz jarayonni yakunlashi uchun taxminan 2 daqiqa kuting (18-rasm). Cho'kmadan tozalash jarayoni
yakunlanganda, dazmol signal berishni to'xtatadi va CALC-CLEAN chirog'i yonishdan to'xtaydi.
7
Dazmolni bir parcha mato bilan arting va uni asos platformasiga qo'ying (19-rasm).
Diqqat: Dazmol issiq.
8
Cho'kmadan tozalash jarayoni davomida cho'kmadan tozalash konteyneri issiq bo'lishi sababli unga
teginishdan oldin taxminan 5 daqiqa kuting. Keyin cho'kmadan tozalash konteynerini rakovinaga olib
boring, uni bo'shating va kelgusida foydalanish uchun saqlab qo'ying (20-rasm).
9
Agar kerak bo'lsa, 1 dan 8 gacha bosqichlarni takrorlashingiz mumkin. Cho'kmadan tozalash jarayonini
boshlashdan oldin cho'kmadan tozalash konteynerini bo'shating.
Eslatma: Cho'kmadan tozalash jarayonida dazmol ichida hech qanday cho'kma to'planmagan bo'lsa,
asos plitasida toza suv chiqishi mumkin. Bu normal holat.
Cho'kmadan tozalash jarayonini qanday amalga oshirish haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi
havola orqali videolarni tomosha qiling: http://www.philips.com/descaling-iron.
Asos plitasini tozalash
Jihozingizni to'g'ri saqlash uchun uni muntazam tozalab turing.
1
Jihozni nam mato bilan tozalang.
2
Dog'larni oson va samarali tozalash uchun asos plitasini qizdiring va dazmolni nam mato ustida yurgizing
(21-rasm).
Tavsiya: Ravon harakatlanishi uchun asos plitasini muntazam tozalang.
Saqlash
1
Jihozni o'chiring va tarmoqdan uzing.
2
Suv bakini to'ldirish teshigi orqali suvni rakovinaga to'kib tashlang (22-rasm).
3
Tarmoq shnuri va suv taʼminoti shlangini birgalikda buking. Ularni saqlash bo'lmasiga suring(23-rasm).
4
Faqat GC6819, GC6820, GC6830 va GC6840 seriyalari uchun: dazmolni dazmol platformasiga qulflash
uchun ko'tarishga qarshi qulfni bosing (24-rasm). Jihoz dazmol platformasida qulflanganda uni
dazmolning dastagidan ushlab ko'tarishingiz mumkin (25-rasm).
Muammolarni hal qilish
Bu bobda jihozda uchraydigan eng keng tarqalgan muammolarni umumlashtirilgan. Agar
quyidagi maʼlumotga asoslanib muammoni hal qila olmasangiz, savol-javoblar ro'yxati uchun
www.philips.com/support
manziliga kiring yoki mamlakatingizdagi mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi
bilan bog'laning.
Muammo
Ehtimoliy sababi
Yechim
Dazmoldan bug'
chiqmaydi.
Suv bakida yetarlicha suv yo'q.
Suv bakini MIN belgisidan ortiqroq
to'ldiring. Bug' triggerini bug' chiqquncha
bosib turing. Bug' chiqishiga 30 soniya vaqt
ketishi mumkin.
Siz bug' triggerini bosmagansiz. Bug' triggerini bug' chiqquncha bosib
turing.
O'zbek
Содержание GC6800 Series
Страница 170: ......