56
ЎЗБЕК
MASALLIQLAR UChUN QISQIChLAR (
10)
Ularning yordamida idishdan (7) yoki
panjaralardan tayyorlangan oziq-ovqat
mahsulotlarini olish oson bo’ladi.
ShIShA IDISh HAJMINI OShIRUVChI
HALQA
Ushbu halqa (11)aerogrilning shisha
idishining foydali hajmini oshiradi hamda
katta parrandalar, baliqlar, katta go’sht
bo’laklarini (masalan, cho’chqa oyog’ini)
tayyorlashda, shuningdek shisha bankalarini
sterillashda yoki bir vaqtning o’zida bir
nechta taomlarni tayyorlash uchun
ishlatiladi. Shisha idish hajmini oshiruvchi
halqadan foydalanganda (11) oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlash vaqti taxminan 15
minutga ko’proq bo’ladi.
ShIShA IDISh UChUN TAGLIK
Idish uchun taglik (12) issiq idishning
(7) stol yuzasiga tegmasligi va uni
shikastlashining oldini olish uchun, hama
aerogrilni harakatlantirish osonligi uchun
xizmat qiladi, shisha idish (7) taglikning (12)
ichidan osonlikcha olinadi, bu esa aerogrilni
pparvarish qilishni osonlashtiradi.
MUHIM EHTIYoT ChORALARI
Buyumdan foydalanishdan avval ushbu
yo’riqnomani diqqat bilan o’qib chiqing.
Xavfsizlik choralariga ahamiyat bermaslik
yong’in chiqishiga, elektr tokining
zaarbasi tufayli shikastlanishga, kishilar
shikastlanishiga olib kelishi mumkin,
shuningdek aerogrilning buzilishi va
nosozligiga hamda shaxsiy mol-mulklarga
zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT:
- ichi bo’sh shisha idishi bo’lganda
aerogrildan foydalanish taqiqlanali,
dastlabki isitish vaqti bundan mustasno.
- uzluksiz ishlashining maksimal yo’l
qo’yiladigan muddati – ko’pi bilan ikki soat,
orasidagi tanaffus kamida 30 minut bo’lishi
lozim.
- qizigan shisha idishning sovuq oziq-ovqat
mahsulotlari yoki sovuq suvga tegishiga
yo’l qo’ymang.
- AEROGRILNING BEXOSDAN TASODIFIY
YoQILIShIGA YO’L QO’YMASLIK UChUN
tarmoq simining rozetkaga ulanishidan
avval aerogril o’chirilganligiga, va buyum
qopqog’ining dastasi ko’tarilgan holatda
ekanligiga ishonch hosil qiling.
- keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
tayyorlash taomnomalari taxminiy
hisoblanadi, o’zingiz ovqat
tayyorlaganingizda oziq-ovqat
mahsulotlarining sifatini va miqdorini
hisobga olish kerak, hamda oziq-ovqat
mahsulotlarini tayyorlash vaqti va
haroratini tanlash ovqat portsiyalarining
soniga bog’liq bo’ladi.
• Buyumni yoqishdan avval buyumning ish
kuchlanishi tarmoqning kuchlanishiga mos
kelishiga ishonch hosil qiling.
• Tarmoq simi «evrovilka» bilan jihozlangan;
uni yerga tutashtirish uchun ishonchli
kontakti bo’lgan rozetkaga ulash lozim.
• Yong’in kelib chiqish xavfi yuzaga kelmasligi
uchun buyumni elektr rozetkasiga
ulaganda kuchlanishni o’zgartirgichlardan
foydalanmang.
• Elektr tarmoqqa o’ta ko’p yuk tushishiga
yo’l qo’ymaslik uchun katta iste’mol quvvati
bo’lgan bir nechta buyumni bir vaqtning
o’zida yoqib ishlatmang.
• Buyumni tekis, barqaror, issiqqa chidamli
yuzaga o’rnating.
• Aerogrilni devorga yoki mebelga bevosita
yaqin joyda o’rnatmang, asbobdan boshqa
yuzalargacha bo’lgan masofa kamida 8-10
sm bo’lishi lozim.
• Yonib ketishga yo’l qo’ymaslik uchun
hech qaysi holatlarda aerogrilni pardalar
yoki darpardalar yonida joylashtirmang va
uning ishlagan paytida zinhor uning ustini
yopmang.
• Buyumdan gaz plitalari yoki isitkichlar
yonida foydalanmang, shuningdek uni issiq
yuzalarning ustiga qo’ymang.
• Buyumdan oshxona chig’anog’iga juda
yaqin joyda foydalanmang, buyumni namlik
ta’sirida qoldirmang.
MW-1951.indd 56
MW-1951.indd 56
14.09.2010 15:11:59
14.09.2010 15:11:59