22
Jihozdan shikastlanishlar mavjud bo'lgan holda foydalanmang.
Jihozni suv va boshqa suyuqliklarga botirish ta'qiqlanadi.
Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday holatlarda foydalanuvchiga uning
xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
Jihozdan faqat oyoq kaftlari uchun foydalaning. Tanangizning boshqa qismlari uchun foydalanmang.
Jihozdan faqat yo'riqnomaga ko'ra foydalaning.
Gigiyenik maqsadlarda bitta jihozdan faqat bitta odam foydalanishi kerak.
Agar siz qandli diabet, gemofiliya yoki immun yetishmasligi hamda teri xastaliklari bilan og'risangiz, jihozdan foydalanishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
Jihozdan bitta joyda bir martada 2-3 soniyadan ortiq vaqt foydalanmang. Uzoq vaqt foydalanish terining achishishiga olib kelishi mumkin.
Teri qizargan yoki achishgan hollarda jihozdan foydalanmang.
Jihozdan hollar, tug'ma dog'lar, so'gallar yoki ochiq yaralar ustida foydalanmang.
Og'riq, noqulaylik yoki achishishni his qilgan hollarda jihozdan foydalanishni darhol to'xtating.
Jihozni to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari ostida saqlanamg va qoldirmang.
Agar rolik qurilmaga ulanmagan bo'lsa, qurilmani yoqmang.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ishlayotgan jihozni sochlar, yuz, kiyim, o'tkazgichlar kabilarga yaqin olib bormang.
Jihozdan foydalanilmayotgan bo'lsa, rolikka himoya qalpoqchasini kiygazib qo'ying.
Agar jihozdan uzoq vaqt foydalanmaydigan bo'lsangiz, undan batareykalarni olib qo'ying.
TA'MINOT ELEMENTLARINI O'RNATISH
Uni tiqillagan tovush chiqqunicha 90° ga buragan va keyin 1 va 2-rasmlarda ko'rsatilgani
kabi pastga tortgan holda oling.
3-rasmdagi kabi qutblilikka amal qilgan holda batareykalar uchun bo'lmagan AA turidagi 2 ta
batareyka soling.
Uni tiqillagan tovush chiqqunicha va qotgunicha o'ngga 4 va 5-rasmlardag i kabi 90° ga
buragan holda akkumulyatorlar bo'lmasi qopqog'ini yoping.
TOZALASH VA QAROV
Uning eng yaxshi ishlashi uchun jihozni undan har safar foydalangandan keyin tozalang.
Jihozni o'chiring.
Rolikdan himoya qalpoqchasini olib qo'ying.
Jihozni rolikni tozalash uchun mo'ljallangan maxsus chyotka bilan tozalang. Tozalash vaqtida jihozni yoqmang.
Jihozni suv oqimi ostida chaying.
Jihoz va rolikni quruq latta bilan arting.
Himoya qalpoqchasini o'z joyiga o'rnating.
KAFOLAT ISHLATILUVCHI MATERIALLARGA (FILTRLAR, SOPOL VA KUYISHGA QARSHI QOPLAMALAR, REZINA ZICHLAGICHLAR KABILAR) NISBATAN QO‘LLANILMAYDI
Jihoz ishlab chiqarilgan sanani mahsulot qutisidagi identifikatsion stikerda va/yoki mahsulotning o„zidagi stikerda joylashgan seriya raqamidan topish mumkin. Seriya raqami 13 ta raqamdan iborat, 4 va 5-
belgilar jihoz ishlab chiqarilgan oyni, 6 va 7-belgilar jihoz ishlab chiqarilgan yilni bildiradi.
Ishlab chiqaruvchi avvaldan xabardor qilmagan holda jihoz dizayni va texnik xususiyatlariga o„zgartirishlar kiritish huquqini o„zida saqlab qoladi.