41
TOZALASH VA QAROV
Tozalashdan avval jihozni elektr tarmog„idan albatta uzib qo„ying.
Jihozni to„liq sovuting.
Tayyorlash uchun jomni yuvish vositasi bilan yuving, suv bilan chaying va yumshoq latta bilan quriting.
Tayyorlash uchun jomni idish yuvish mashinasida yuvmang.
Jihoz va aksessuarlarni tozalash uchun abraziv tozalagichlar va o„tkir yuvish vositalaridan foydalanmang.
Har qanday holatda ham jihozning ichiga suv kirishiga yo„l qo„ymang.
Jihoz korpusini zarurat bo„lishi bilan tozalang, bunda toza iliq suv va yumshoq lattadan foydalaning.
Bug„ chiqarish klapanini jihozdan foydalangandan keyin har safar tozalash lozim. Klapanni ko„p kuch sarflamagan holda ehtiyotlik bilan oling. Klapanni qismlarga ajrating va uni oquvchi suvda yaxshilab
yuving, keyin quriting, teskari ketma-ketlikda yig„ing va joyiga qaytarib o„rnating.
TEXNIK XUSUSIYATLARI
Elektr ta„minoti
220-240 V, 50 Gts
Quvvati
500 W
Netto / brutto og„irligi
2,2 kg / 2,4 kg
Qutining o„lchamlari (U х K х B)
275 mm x 277 mm x 270 mm
KAFOLAT ISHLATILUVCHI MATERIALLARGA (FILTRLAR, SOPOL VA KUYISHGA QARSHI QOPLAMALAR, REZINA ZICHLAGICHLAR KABILAR) NISBATAN QO„LLANILMAYDI
Jihoz ishlab chiqarilgan sanani mahsulot qutisidagi identifikatsion stikerda va/yoki mahsulotning o„zidagi stikerda joylashgan seriya raqamidan topish mumkin. Seriya raqami 13 ta raqamdan iborat, 4 va 5-belgilar jihoz ishlab chiqarilgan oyni, 6 va 7-belgilar jihoz
ishlab chiqarilgan yilni bildiradi.
Ishlab chiqaruvchi avvaldan xabardor qilmagan holda jihoz dizayni va texnik xususiyatlariga o„zgartirishlar kiritish huquqini o„zida saqlab qoladi.
Ishlab chiqaruvchi-zavod:
COSMOS FAR VIEW INTERNATIONAL LIMITED
Room 701, 16 apt, lane 165, Rainbow North Street, Ningbo, China, Kilingаn Kitаy