XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
7
ESP
O'ZBEKCHA
y
Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishi oldini olish uchun quyidagi o'rnatish bo’yicha
ko'rsatmalarga amal qiling.
-
Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo'lishi kerak.
- Mahsulotni havo aylanmasi yo’q joylarga (masalan, kitob javoni yoki devoriy
shkafga) o'rnatmang.
-
Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o'rnatmang.
-
Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to'silib qolmaganligiga
ishonch hosil qiling.
Aks holda, bu yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
y
Uzoq vaqt davomida televizor ko’rish vaqtida havo aylanishi tirqishlariga tegib
ketmaslikka e’tibor bering, chunki havo aylanishi tirqishlari issiq bo'lishi mumkin. Bu
mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi.
y
Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring. Agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo bo'lsa,
uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to'xtating va vakolatli texnik xodim yordamida shnurni xuddi
shunday yangi shnur bilan almashtiring.
y
Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to'planishiga yo'l qo'ymang.
Bu yong'in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo'yish yoki uning usti
-
dan yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta'sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar
va qurilmaga shnur ulangan nuqtalarga alohida e'tibor bering.
y
Panelni qo'l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o'tkir narsalar bilan qattiq bosmang
yoki uning ustini tirnamang, chunki bu ekranga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
y
Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog'(lar)ingizni uning ustiga qo'yib
turishdan saqlaning. Aks holda, bunday qilish ekranning vaqtinchalik yoki butunlay
buzilishiga yoki tasvirlarning noto’g’ri namoyish qilinishiga olib kelishi mumkin.
y
Mahsulot yoki uning qismlarini tozalaganda avval uni elektr tarmog'idan uzing va
yumshoq latta bilan arting. Ortiqcha kuch ishlatish tirnalishlarning hosil bo'lishi yoki
mahsulot asl rangining yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Suv bilan tozalamang yoki
ho’l latta bilan artmang. Hech qachon oyna tozalovchilar, avtomobillar uchun yoki
sanoatda qo’llaniladigan yaltiratuvchilar, abraziv materiallar yoki mum, yoqilg’i, spirt
kabilardan foydalanmang, bular mahsulot va uning paneliga zarar yetkazishi mum-
kin. Aks holda, bu yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki mahsulotga zarar yetishi
(deformatsiyalanishi, chirishi yoki buzilishi)ga sabab bo'lishi mumkin.
y
Ushbu qurilma devordagi o’zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan holda bo'lar ekan, hattoki siz ushbu quril
-
mani yoqqich/o’chirgichdan o'chirganingizda ham u quvvat manbaidan uzilmaydi.
y
Kabelni rozetkadan uzishda vilkadan ushlang va undan tortgan holda rozetkadan
sug'urib oling. Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzish uchun shnurdan
tortmang, chunki bu xavfli bo'lishi mumkin.