
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
3
ESP
O'ZBEKCHA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
Iltimos, mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu xavfsizlik ehtiyot choralarini diqqat bilan o'qib chiqing.
DIQQAT
y
Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi muhitlarda qoldirmang:
-
To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari tushadigan joyda
-
Namlik yuqori bo'lgan joylar, masalan, hammomda
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar
yaqinida
-
Oshxona peshtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqinida; bu yerda ular osongina
bug’yoki moy ta’sirida qolishlari mumkin.
-
Yomg'ir yoki shamol mavjud joylarda
- Vaza singari suv idishlari yaqiniga
Aks holda, bu yong'in, elektr toki urishi, texnik nosozlik yoki mahsulot deformatsiy siga
olib kelishi mumkin.
y
Mahsulotni chang ta'siriga uchrashi mumkin bo'lgan joylarga qo'ymang.
Aks holda, bu yong'in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
Elektr tarmog’iga ulash shnuri vilkasi bu televizorni o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulo-
vchi/tarmog’idan uzuvchi qurilmadir. Televizor foydalanishda bo'lgan vaqtda ushbu
vilka mustahkam ulangan va ishlaydigan holatda bo'lishi kerak.
y
Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo'llaringiz bilan tegmang. Bundan tashqari,
agar kabel kontaktlari ho'l yoki chang bilan qoplangan bo'lsa, vilkani to'liq quriting
yoki changni artib tashlang. Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.
y
Elektr tarmog'iga ulash kabelining yerga mahkamlangan mos rozetkaga ulangan
-
ligiga ishonch hosil qiling. (Yerga mahkamlash talab qilinmaydigan qurilmalardan
tashqari.) Aks holda, sizni elektr toki urishi yoki shikastlanishingiz xavfi mavjud
bo'ladi.
y
Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini devordagi rozetkaga to’liq kiriting. Aks holda,
rozetkaga mustahkam biriktirilmagan hollarda yong’in uchqunlari chiqishi mumkin.
y
Quvvat manbaiga ulash shnurining isitgich kabi issiq buyumlarga tegib turmaganli-
giga ishonch hosil qiling. Aks holda, bu yong'in yoki elektr toki urishi xavfini keltirib
chiqarishi mumkin.
y
Elektr manbaiga ulash kabellarining ustiga og'ir jismlarni yoki mahsulotning o'zini
qo'ymang. Aks holda, bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.