XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
EHTIYOT BO’LING
Ko’rish muhiti
y
Ko’rish masofasi
- 3D tarkibni ko’rayotganda ekran diagonali uzunligidan kamida ikki barobar ko’p masofani saqlang.
3D tarkibni ko’rayotganda o’zingizni noqulay his qilsangiz, televizordan yanada uzoqlashing.
Ko’rish yoshi
y
Go’daklar/Bolalar
- 6 yoshdan kichik bo’lgan bolalar tomonidan 3D mazmundan foydalanish/3D tarkibni ko’rish
taqiqlanadi.
- 10 yoshdan kichik bolalarda ortiqcha ta’sirlanish va ortiqcha hayajonlanish sodir bo’lshi mumkin,
chunki ularda ko’rish tizimining rivojlanish bosqichi tugallanmagan bo’ladi (masalan: ekranga tegish
yoki uning ustiga sakrashga bo’lgan urinish). 3D tarkibni ko’rayotgan bolalarni maxsus nazorat qilish
va ularga alohida e’tibor berish talab qilinadi.
- Bolalarda 3D tasvirlarning ko’proq darajadagi binokulyar nomunofiqligi sodir bo’ladi, chunki ularda
ko’zlar orasidagi masofa kattalarnikiga qaraganda qisqaroqdir. Shuning uchun ular kattalarga
nisbatan bir xil 3D tasvirni ko’proq darajada stereoskopik ahamiyat bilan qabul qiladilar.
y
O’smirlar
- Yoshi 19 dan kichikroq bo’lgan o’smirlar 3D mazmundagi yorug’likdan ta’sirlanish tufayli ortiqcha
sezgirlikni namoyish qilishlari mumkin. Ularga charchagan vaqtlarida 3D tarkibni uzoq vaqt
davomida ko’rishdan o’zlarini tiyishlarini maslahat bering.
y
Keksalar
- Keksa yoshdagilar yoshlarga nisbatan kamroq darajadagi 3D effektlarni qabul qilishlari mumkin.
Televizorga tavsiya qilingan masofaga qaraganda yaqinroq o’tirmang.
3D ko’zoynaklardan foydalanishdagi ehtiyot choralari
y
Albatta LG 3D ko’zoynaklardan foydalaning. Aks holda, 3D videolarni to’g’ri ko’rolmasligingiz mumkin.
y
O’zingizning oddiy ko’zoynaklaringiz, quyosh nurlaridan himoyalovchi ko’zoynaklar yoki himoya
ko’zoynaklari o’rnida 3D ko’zoynaklardan foydalanmang.
y
O’zgartirilgan 3D ko’zoynaklardan foydalanish ko’zlarning toliqishi yoki tasvir buzilishiga olib kelishi
mumkin.
y
3D ko’zoynaklaringizni haddan tashqari past yoki yuqori haroratlarda saqlamang. Bu deformatsiyaga
olib kelishi mumkin.
y
3D ko’zoynaklar nozik va osongina tirnaladi. Linzalarni artganda doimo yumshoq, toza lattadan
foydalaning. 3D ko’zoynaklarning linzalarini o’tkir narsalar bilan tirnamang yoki kimyoviy moddalar bilan
tozalamang/artmang.
11
ENG
O’ZBEKCHA