XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
y
y
Ko’p tirqishli rozetkaga haddan tashqari ko’p elektr qurilmalarini ulamang.
Aks holda, ortiqcha qizib ketish oqibatida yong’in xavfi kelib chiqishi mumkin.
y
y
Tashqi qurilmalarni ulaganda mahsulotning ag’darilib ketishiga yoki tushib ketishi-
ga yo’l qo’ymang.
Aks holda, jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.
y
y
Namlanishdan himoyalovchi yoki vinil qadoqni bolalarning qo’llari yetmaydigan
joyda saqlang.
Namlanishga qarshi material yutib yuborilganda hayot uchun xavflidir. Bilmasdan
yutib yuborilgan hollarda bemorni qayt qilishga majbur qiling va eng yaqin joylash-
gan shifoxonaga olib boring. Bundan tashqari, vinil qadoq ashyosi bo’g’ilishga olib
kelishi mumkin. Uni bolalarning qo’llari yetmaydigan joyda saqlang.
y
y
Farzandlaringizning televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga yo’l qo’ymang.
Aks holda, masofadan boshqarish pultiga shikast yetishi mumkin.
y
y
Yosh bolalar batareyalarni yutib yubormasliklariga ishonch hosil qilish uchun
yaroqsiz batareyalarni ahlatga tashlang. Iltimos, bola batareyani yutib yuborgan
hollarda darhol shifokor huzuriga boring.
y
y
Elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi devordagi kirish joyiga ulangan hollarda u
va devordagi rozetka orasiga metal buyumlar/o’tkazgichlarni (masalan, ovqatlan-
ish uchun metal cho’p/oshxona asboblari/otvyortka kabilarni) qo’ymang. Bundan
tashqari, elektr manbaiga ulash kabeliga uni devordagi rozetkaga ulagandan so’ng
darhol tegmang.
Aks holda, elektr toki zarbiga uchrashingiz mumkin.
(Rusumga qarab)
y
y
Yonuvchan moddalarni mahsulot yaqinida qoldirmang yoki saqlamang.Yonuvchan
moddalar bilan ehtiyotsiz munosabatda bo’lish yonish, portlash yoki yong’in chiqish
xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
y
Tanga, soch to’g’nag’ichi, tayoqcha yoki sim kabi metal buyumlar yoki qog’oz
va gugurt kabi yonuvchan buyumlarning mahsulot ustiga tushib ketishiga yo’l
qo’ymang. Bolalar alohida e’tibor qaratishlari lozim.
Elektr toki urishi, yong’in yoki shikastlanish sodir bo’lishi mumkin. Agar begona
buyumlar mahsulot ustiga tushib ketsa, uni quvvat manbaidan uzing va xizmat
ko’rsatish bo’limiga murojaat qiling.
y
y
Mahsulotga suv sachratmang yoki yonuvchan moddalar (erituvchi yoki benzin)
bilan ishqalab bilan artmang. Yong’in yoki elektr toki urishi halokati sodir bo’lishi
mumkin.
y
y
Ushbu jihozga hech qanday ta’sir, zarbaning bo’lishiga yoki ustiga buyumlarning
tushib ketishiga yo’l qo’ymang hamda ekran ustiga hech narsani tashlamang.
O’zingiz jarohatlanishingiz yoki mahsulotga zarar yetishi mumkin.
y
y
Momaqaldiroq yoki chaqmoq vaqtida mahsulot yoki antennaga tegmang.
y
y
Gaz chiqishi sodir bo’lgan hollarda devordagi rozetkaga tegmang, oynalarni oching
va xonani shamollating.
Uchqun orqali yong’in yoki portlash sodir bo’lishi mumkin.
5
ENG
O’ZBEKCHA