aeno.com/documents
153
qopqoqni yopishni qiyinlashtiradi. Qopqoqni kuch bilan bosmang, chunki bu
qurilmaga zarar etkazishi mumkin. Paneldan faqat issiqqa chidamli kurakcha
bilan pishgan ovqatni oling. Yechib olinadigan panellarning yopishmaydigan
qoplamasiga zarar yetkazmaslik uchun vilkalar, pichoqlar yoki boshqa o'tkir
oshxona idishlaridan foydalanmang.
Ishlayotgan qurilmani qarovsiz qoldirmang. Ishlatib bo'lgandan keyin yoki
qurilmani tozalashdan oldin har doim uning vilkasini rozetkadan chiqarib oling.
Kuyishning oldini olish uchun qurilma to'liq sovumaganicha taglikni (8)
ichidagi bilan chiqarib olmang. Qurilmani o'zingiz ta'mirlash taqiqlanadi,
vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Qurilma va aksessuarlar
dizayniga biron bir o'zgartirish kiritish taqiqlanadi.
Qurilmani ishlatishga tayyorlash
Qurilmani o'ramdan chiqaring, yog'ni yig'ib oluvchi taglikni (8) olib tashlang.
Tegishli (yuqori yoki pastki) fiksatorlar tugmachalarini (4) bosib panellarni (6) va
(7) yechib oling.
Panellarni va yog'ni yig'ib oluvchi taglikni neytral yuvish vositasi bilan yuving,
quritib oling va qayta o'rnating. Yog' uchun tarnov (10) orqa tomonga qaratilishi
uchun panellarni o'rnating: yog' tarnov orqali taglikka oqib tushishi kerak.
Qurilmani issiqqa chidamli taglikka va yaxshi shamollatib turadigan joyga,
hamda boshqa predmetlardan kamida 30 sm kam bo'lmagan masofada
joylashtiring.
ESLATMA.
Yechib olinadigan panellar bir-birining o'rnini bosadi va ular ikki
tomonlama: bir tomoni qovurg'ali, ikkinchisi esa tekis. Siz ikkala tomonida
pishirishingiz mumkin. Birinchi marta foydalanayotganda yechib olinadigan
panellarning tashqi ish yuzasini pishirish yog'ini ozgina surting. Agar siz
keyinroq panellarning boshqa tomonida pishiradigan bo'lsangiz, birinchi
marta foydalanayotganda ham ozgina yog' surting. Bu yopishqoq bo'lmagan
qoplamaning juda yaxshi ishlashini ta'minlaydi.
Summary of Contents for AEG0005
Page 1: ...aeno com documents 1 29 11 2022 v 1 4 4 ...
Page 4: ...4 aeno com documents a ...
Page 5: ...aeno com documents 5 b ...
Page 6: ...6 aeno com documents c d ...
Page 164: ...164 aeno com documents ...